O‘zbek tilini ilm-fan va innovatsiyalar tili sifatida rivojlantirish zarur - prezident

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po ojidayemim rezultatam v agrarnoy sfere po itogam goda i zadacham na sleduyushiy god.
 Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po ojidayemim rezultatam v agrarnoy sfere po itogam goda i zadacham na sleduyushiy god. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr — davlat tili bayrami bilan o‘zbek xalqini tabrikladi. Prezident bayram tabrigida ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirishdek sharafli ishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha fidoyi vatandoshlarga minnatdorlik bildirib o‘tdi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Perezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi.
Tabrikda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlandi.
21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni deb belgilangani unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Davlat tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan farmon va qarorlar, meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Ushbu yo‘nalishda 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiya va alohida dastur hayotga joriy etilmoqda.
Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda bu go‘zal va jozibali til katta ishtiyoq bilan o‘rganilmoqda.
“Yangi O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, Uchinchi yuksalish davri poydevorini yaratishga qaratilgan tarixiy islohotlar jarayonida o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha belgilab olgan vazifalarimizni izchil davom ettirishimiz lozim”, deyiladi tabrikda.
Ta’kidlanishicha, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tilini o‘zbekchalashtirish, butunjahon Internet tarmog‘idagi milliy segmentni yanada boyitish, o‘zbek va xorijiy tillar bo‘yicha lug‘at va so‘zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo‘lmas vazifalar sirasiga kiradi.
Jahon taraqqiyoti yutuqlari va qimmatli manbalarni o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali ona tilini ilm-fan va innovatsiyalar tili sifatida rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratish zarurli qayd etildi.
“Shu ma’noda, XX asr boshida yashab ijod qilgan, o‘zbek, arab, fors, hind, turk va rus tillaridagi so‘zlarni o‘z ichiga olgan bebaho lug‘at kitobini yaratgan ma’rifatparvar Ishoqxon Ibratning: “Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu Vataniy ishdir”, degan hikmatli so‘zlari biz uchun muhim dasturilamal, hayot yo‘limizni yoritadigan mayoq bo‘lib xizmat qilishi kerak”, deydi prezident.
Prezident shuningdek, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirishdek sharafli ishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha fidoyi vatandoshlarga minnatdorlik bildirib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0