Milliy madaniy markazlarga kerakli uskuna va liboslar topshirildi - foto
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston uyg‘ur madaniy markaziga 700,0 mln so‘mlik ijtimoiy buyurtma mablag‘lari ajratildi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan 10 ta milliy madaniy markazga milliy liboslar va turli milliy cholg‘u asboblari topshirildi. Bu haqida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi xabar berdi.
Aytilishicha, Oliy Majlis Jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston uyg‘ur madaniy markaziga 700,0 mln so‘mlik ijtimoiy buyurtma mablag‘lari ajratilgan.
Ushbu mablag‘lar hisobiga Markaz turli milliy madaniy markazlar uchun zarar bo‘lgan turli mahsulotlar xarid qilgan.
“Markazlarga 100 dan ortiq milliy liboslar, 60 ga yaqin milliy cholg‘u asboblari, Zoom apparaturasi, rangli printerlar topshirildi. Shuningdek, turli millatlar orasida o‘zaro bag‘rikenglik, totuvlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan “Do‘stlikni tarannum etgan yurt” nomli hujjatli film suratga olindi”, deyiladi xabarda.
Qo‘mita raisi Rustambek Kurbanov liboslar, milliy cholg‘u asboblar yaqinda mamlakatda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan bag‘rikenglik haftaligi doirasida bayramni yuqori darajada o‘tkazishga imkon yaratishini qayd etdi.
© Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
1/4
© Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
© Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
2/4
© Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
© Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
3/4
© Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
© Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
4/4
© Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi