Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Har kuni guruch iste’mol qilish qandli diabetga olib keladi - mutaxassis

© Pexels/Vie StudioRis
Ris - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2022
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning aytishicha, guruch tarkibidagi kraxmal moddasi salomatlikka salbiy ta’sir qiladi
TOShKENT, 21 okt - Sputnik Parhezshunos, tibbiyot fanlari doktori Aleksey Kovalkov har kuni guruch iste’mol qilish qanday kasalliklarga sabab bo‘lishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, guruchning asosiy xavfi uning tarkibida ko‘p miqdorda kraxmal bilan bog‘liq. Organizmga tushishi bilan guruch kraxmal ishlab chiqaradi.
“Kraxmal esa glyukozaga aylanib, qonda shakar miqdorini oshiradi. Oshqozon osti bezi ko‘p miqdorda insulin ishlab chiqaradi. Erta yoki kech, organizm insulinga “o‘rganadi”. Keyin esa diabetning ikkinchi turiga chalinish mumkin”, - deydi shifokor.
Bunday xavf har kuni guruch iste’mol qilishda paydo bo‘lishi mumkin. Agar ikki haftada bir chashka guruch iste’mol qilinsa, xavotirga o‘rin yo‘q.
Buning uchun glikemik indeksi past bo‘lgan guruch iste’mol qilish kerak. Basmati hamda palov tayyorlashda foydalaniladigan qattiq guruch turlarida glikemik ko‘rsatkich past bo‘ladi.
Shifokorning tavsiya qilishicha, insulin yuqori bo‘lgan insonlar guruch iste’mol qilmaganlari ma’qul. Insulin miqdorini aniqlash uchun tibbiy tahlillar topshirish zarur.
Yangiliklar lentasi
0