Umidbaxsh raqs: imkoniyati cheklangan bolalarga xoreografiya qanday yordam bermoqda

© Iz lichnogo arxiva Shahzodi XudoynazarovoyInklyuzivniy tanes
Inklyuzivniy tanes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Inklyuziv raqs san’atini imkoniyati cheklangan bolalarga o‘rgatish - ularni jamiyatning teng huquqli a’zosiga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda inklyuziv ta’limga e’tibor kuchayib kelmoqda. Respublikada bir necha inklyuziv, maktab internatlar, an’anaviy maktablarda esa ko‘plab inklyuziv sinflar paydo bo‘lmoqda. Batafsil Sputnik muxbiri maqolasida.
Xoreograf-pedagog Shahzoda Xudoynazarovaning “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” loyihasi ana shunday xayrli va samarali ishlardan biri bo‘ldi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirlgan ushbu loyiha minglab ko‘zlarda umid uchqunlarini yondirdi desak xato bo‘lmaydi.
© Iz lichnogo arxiva Shahzodi XudoynazarovoyInklyuzivniy tanes
Inklyuzivniy tanes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Inklyuzivniy tanes
Bu haqida mutaxassisning o‘zi shunday hikoya qiladi.
Insonlar cheksiz imkoniyatlarga ega, garchi ularda turli yetishmovchiliklar bo‘lsa ham, biroq ruh va ong osti orqali yuksak marralarga, tasavvur esa yetib bo‘lmas cho‘qqilarga chiqishi mumkin. Inklyuziv raqs ham imkoniyati cheklangan bolalarni cheksiz imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.
“Imkoniyati cheklangan bolalarga raqs o‘rgatib, men ularda sog‘lom bolalarda kuzatmagan holatlarni kuzatdim. Ularda psixologik o‘zgarishlar, jonli muloqotlar yanada ijobiy tarafga rivojlandi. Hozirda respublikada 16 ta ixtisoslashtirilgan maktablar bo‘lsa, shularni 7 tasi bilan hamkorlikda ishlamoqdaman, jami 600 dan ortiq o‘quvchilarim bor”, deydi Shahzoda Xudoynazarova.
© Iz lichnogo arxiva Shahzodi XudoynazarovoyInklyuzivniy tanes
Inklyuzivniy tanes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Inklyuzivniy tanes

Inklyuziv ta’lim pedagogikasi

Inklyuziv ta’limda psixologiya-surdopedagogika va defektologiya yo‘nalishlarida o‘qigan pedagoglar dars beradi, chunki ular asosan qo‘l xatti-harakatlari (jest) orqali ishlashni bilishadi.
© Iz lichnogo arxiva Shahzodi XudoynazarovoyInklyuzivniy tanes
Inklyuzivniy tanes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Inklyuzivniy tanes
Xoreograf o‘qituvchi imkoniyati cheklangan bolalar bilan mashg‘ulot o‘tishda har bir bolaga individual yondashadi, ya’ni bolaning qaysi kasallik sababli imkoniyati cheklanganligi, psixo-emotsional xususiyati, jismoniy xarakatlarni qanchalik bajara olishi va boshqa imkoniyatlarini hisobga olishi lozim.
“Ko‘pchilikni nogiron bolalar qanday raqsga tushadi, degan savol qiziqtiradi? Ularda ham iqtidor va qiziqish bor. Ular o‘z hissiyotlarini garchi nuqsoni bo‘lsa-da, tana harakatlari orqali ko‘rsatib berishadi. Hatto ayrimlarida o‘ziga xos sirli harakatlar, jozibali va esda qolarli plastikalarni bajarishadi, bu meni yanada to‘lqinlantiradi”, deydi pedagog.
© Iz lichnogo arxiva Shahzodi XudoynazarovoyInklyuzivniy tanes
Inklyuzivniy tanes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Inklyuzivniy tanes

Inklyuziv ta’lim o‘zi nima?

Inklyuziv ta’lim barcha bolalarga maktabga borish, rivojlanish uchun zarur ko‘nikmalarni o‘rganish va o‘zidagi bor iqtidorni rivojlantirish uchun adolatli imkoniyatni beradi.
Bunda imkoniyati cheklangan bolalar atrofdagi sog‘lom bolalar bilan teng qadam tashlay oladi, bir xil sinflarda o‘qiydi va an’anaviy ravishda bir xil guruhlarda o‘zi uchun kerakli ko‘nikmalarni o‘rganadi.
Rivojlangan davlatlarda inklyuziv ta’limning samaradorligi alllaqachon ma’lum bo‘lgan va ushbu ta’lim turi keng yo‘lga qo‘yilgan.
Qo‘shni Qozog‘istonda ham inklyuziv ta’lim 2016-yilda buyon rivojlanib kelmoqda. U yerda "Inklyuziv sport" va "Inklyuziv raqs" markazlari tashkil etilgan bo‘lib “kombi” va “duet” uslubidagi nogironlik aravachasidagi raqs turlari rivojlanmoqda. Shuningdek, xalqaro tipdagi samba, cha-cha-cha, rumba, klassik raqsla, djayv, vals, tango, vena valsi, fokstrot, kvikstep kabi raqs turlari o‘rgatiladi.
Rossiyada esa inklyuziv raqs harakati tashabbuskor xoreograflar tomonidan 25-yil davomida rivojlantirib kelinmoqda. Rossiyaning Inclusive Dance xalqaro markazi tomonidan inkuziv raqs festivallari 2013-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Unda Rossiyaning 70 hududi va dunyoning 36 mamlakatidan ishtirokchilar tashrif buyurgan.
© Iz lichnogo arxiva Shahzodi XudoynazarovoyInklyuzivniy tanes
Inklyuzivniy tanes - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Inklyuzivniy tanes

Toshkentda birinchi konferensiya

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2022-yilning 25-noyabr kuni Inklyuziv ta’lim: imkoniyati cheklangan bolalar va raqs san’atimavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Unda Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus va boshqa davlatlardagi xoreografiya akademiyalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi.
Inklyuziv ta’limga oid konferensiya maxsus reja asosida o‘tkaziladi. Unda respublikamizdagi san’at va madaniyatga ixtisoslashtirilgan maktablar, kollej va texnikumlar, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, magistrant va doktorantlar va xorijiy davlatlardan mutaxassislar ham ishtirok etishadi.
Quyidagi videolavhada Shahzoda Xudoynazarova tomonidan tayyorlangan inklyuziv raqs namunasini tomosha qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0