https://oz.sputniknews.uz/20221020/trass-britaniya-bosh-vaziri-lavozimidan-ketishini-malum-qildi-29317319.html
Trass Britaniya bosh vaziri lavozimidan ketishini ma’lum qildi
Trass Britaniya bosh vaziri lavozimidan ketishini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass 45 kun o‘tib iste’foga chiqishini ma’lum qildi. 20.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-20T17:38+0500
2022-10-20T17:38+0500
2022-10-20T18:00+0500
dunyoda
liz trass
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/14/29318414_0:0:3137:1765_1920x0_80_0_0_4907ef18eb272c41dd34bf4ff6a50ab0.jpg
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass iste’foga chiqishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.Trassning aniqlik kiritishicha, yangi bosh vazir saylanmaguncha u o‘z vazifalarini bajarib turadi. U Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bir hafta ichida saylanishini ma’lum qildi.Liz Trass 6-sentabr kuni bosh vazir lavozimini bajarishga kirishgandi va bu lavozimda atigi 45 kun ishladi.Ma’lumot uchun, Trass boshchiligidagi Britaniya hukumati iqtisodni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi reja yuzasidan ko‘plab tanqidlarga uchradi.Reja parlamentga sobiq moliya vaziri Kvazi Kvarteng tomonidan taqdim etilgan va soliqlarni katta miqdorda kamaytirishni nazarda tutadi. U e’lon qilinganidan so‘ng, Buyuk Britaniyaning besh yillik davlat obligatsiyalari bo‘yicha daromadlari 2008-yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi — 4,6%, bu qarz qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan talabning pasayishini anglatadi. Shu munosabat bilan, funt sterling keskin tushib ketdi va savdolar jarayonida bir funt uchun 1,054 dollarni tashkil etib, tarixiy minimal darajaga tushdi.Moliya bozorlaridagi vaziyat tufayli Trass o‘zidan oldingi Boris Jonson hukumati tomonidan taklif qilingan va avvalroq Trass tomonidan bekor qilingan korporativ daromad solig‘ining 19% dan 25% gacha oshirilishini e’lon qildi. Rejalashtirilgan o‘sishni bekor qilish iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash rejasining chora-tadbirlaridan biri bo‘lib, Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga ko‘proq korxonalar sarmoya kiritadi deb taxmin qilingan. Keyin bu reja muallifi Kvarteng iste’foga chiqdi, uning o‘rniga Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant keldi va bu qarorlarni bekor qildi. Kuni kecha Britaniya IIV rahbari Suella Braverman iste’foga chiqdi.Mavzuga oid:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/14/29318414_162:0:2893:2048_1920x0_80_0_0_69bf4eea3394c192a97c0783df285e07.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, liz trass
Trass Britaniya bosh vaziri lavozimidan ketishini ma’lum qildi
17:38 20.10.2022 (yangilandi: 18:00 20.10.2022) Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass 45 kun o‘tib iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass iste’foga chiqishini ma’lum qildi, deb
xabar bermoqda RIA Novosti.
Trassning aniqlik kiritishicha, yangi bosh vazir saylanmaguncha u o‘z vazifalarini bajarib turadi. U Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bir hafta ichida saylanishini ma’lum qildi.
Liz Trass 6-sentabr kuni bosh vazir lavozimini bajarishga kirishgandi va bu lavozimda atigi 45 kun ishladi.
Ma’lumot uchun, Trass boshchiligidagi Britaniya hukumati iqtisodni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi reja yuzasidan ko‘plab tanqidlarga uchradi.
Reja parlamentga sobiq moliya vaziri Kvazi Kvarteng tomonidan taqdim etilgan va soliqlarni katta miqdorda kamaytirishni nazarda tutadi. U e’lon qilinganidan so‘ng, Buyuk Britaniyaning besh yillik davlat obligatsiyalari bo‘yicha daromadlari 2008-yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi — 4,6%, bu qarz qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan talabning pasayishini anglatadi. Shu munosabat bilan, funt sterling keskin tushib ketdi va savdolar jarayonida bir funt uchun 1,054 dollarni tashkil etib, tarixiy minimal darajaga tushdi.
Moliya bozorlaridagi vaziyat tufayli Trass o‘zidan oldingi Boris Jonson hukumati tomonidan taklif qilingan va avvalroq Trass tomonidan bekor qilingan korporativ daromad solig‘ining 19% dan 25% gacha oshirilishini e’lon qildi. Rejalashtirilgan o‘sishni bekor qilish iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash rejasining chora-tadbirlaridan biri bo‘lib, Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga ko‘proq korxonalar sarmoya kiritadi deb taxmin qilingan. Keyin bu reja muallifi Kvarteng iste’foga chiqdi, uning o‘rniga Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant keldi va bu qarorlarni bekor qildi. Kuni kecha Britaniya IIV rahbari Suella Braverman iste’foga chiqdi.