Rossiyaning qaysi hududlarida harbiy holat joriy etildi?

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-oktabr kuni turli hududlarda turlicha javobgarlik va tayyorlik darajasini joriy etish haqida farmon imzolangan edi.
1. DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududlarida - maksimal javobgarlik darajasi joriy etildi.
Bunda mahalliy ijro organlariga:
iqtisodiy safarbarlik tashkil etish,
fuqaro mudofaasiga oid tadbirlarni amalga oshirish,
Aholini va hududlarni tabiiy va texnogen ofatlardan himoya qilish chora-tadbirlarini qabul qilish,
Rossiya Qurolli kuchlari va boshqa jangovar tuzilmalari, aholi va organlar ehtiyojlarini qondirish vakolati beriladi.
2. Qrim Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Belgorod, Bransk, Voronej, Kursk, Rostov viloyatlari va Sevastopol shahri hududlarida - o‘rtacha javobgarlik darajasi joriy etildi.
3. Rossiya Federatsiyasining Markaziy va Janubiy federal okruglari hududida yuqori tayyorgarlik darajasi joriy etildi.
4. Rossiya Federatsiyasining boshqa hududlarida (yuqorida qayd etilmagan) - bazaviy tayyorgarlik darajasini joriy etish.
Batafsil infografikamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0