Qiyinchiliklarga qaramay, Rossiya rivojlanishda davom etadi – Peskov

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat bundan buyon ham rivojlanishda davom etishini ta’kidladi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Mavjud mushkulliklarga qaramay, Rossiya rivojlanmoqda va rivojlanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Mamlakat, og‘ir damlarga qaramasdan, rivojlanmoqda va bundan keyin ham rivojlanadi”, - dedi u “Sdelano v Rossii” (“Rossiya ishlab chiqarilgan”) forumi doirasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, forumdagi ko‘rgazmalardan mamlakat rivojlanishda davom etayotganini ko‘rish mumkin. O‘zlarining ilg‘or g‘oyalarini tatbiq etayotgan havaskorlar va yuqori malakali kishilar bisyor. Ular Rossiyaning u yoki bu texnologiyalariga katta qiziqish qarayotgan mamlakatlarni topishmoqda.
“Shu bois haqiqatdan ham bu iqtisodiyotimiz uchun eng zarur, va bu ko‘plab mamlakatlar uchun qiziq”, - dedi Kreml vakili.
Yangiliklar lentasi
0