O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi kamaydi

© Depositphotos.com / BalonciciZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari kamayishida asosan oltin narxi tushishi sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1-oktabr holatiga ko‘ra, 33 mlrd 496,1 mln dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan sharhda keltirilgan.
Qayd etilishicha, sentabr oyi davomida oltin-valyuta zaxiralari 583,8 mln dollarga kamaygan.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning moliyaviy qiymati 21 mlrd 1,9 mln dollardan 20 mlrd 977 mln dollarga, xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) 12 mlrd 44,2 mln dollardan 11 mlrd 502,3 mln dollarga kamaygan.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 12,5 mln troy unsiyani tashkil qilmoqda va bu o‘tgan nisbatan 0,2 mln troy unsiyaga ko‘p.
Yil boshidan “O‘zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari 1,64 mlrd dollarga yoki 4,7 foizga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1672,75 dollargacha pasayishining ta’siri 1,59 mlrd dollarni tashkil qildi”, - deyiladi sharhda.
Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1-sentabr holatiga 34 mlrd 79,9 mln dollarni tashkil qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0