O‘zbekiston va BMT o‘rtasida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishFlag OON
Flag OON  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Mazkur hujjat hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘taradi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekiston va BMTning terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Tojikistonda 18-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan konferensiya doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT bosh kotibi o‘rinbosari – BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov bilan uchrashdi.
Unda Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, jumladan, BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasidagi hamkorlikning bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, 3-4 mart kunlari bo‘lib o‘tgan Toshkent konferensiyasi ushbu strategiyani terrorizmga qarshi kurashning umumiy tamoyillari va yondashuvlari bo‘yicha mushtarak fikrga kelish imkonini yaratdi.
© Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston va BMT
O‘zbekiston va BMT - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
O‘zbekiston va BMT
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Toshkent konferensiyasi davomida ilgari surilgan tashabbus va takliflarni o‘z ichiga olgan hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Hujjat hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘taradi.
“Yo‘l xaritasi” quyidagi tadbirlarni ko‘zda tutadi:
Yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlarni tashkil etish;
Markaziy Osiyoda kiberterrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha virtual tarmoq yaratish;
Vatanga qaytarilgan fuqarolarni reabilitatsiya qilish va reintegratsiya qilishda mahallalardan samarali foydalanish bo‘yicha tajriba almashish, BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi huzurida ushbu masala bo‘yicha mintaqaviy ekspertlar kengashi ta’sis etish.
Ta’kidlanishicha, 2023-yili BMT shafeligida O‘zbekistonda “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” mavzuyida yuqori darajadagi konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Norov Dushanbeda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha BMTning mintaqaviy vakolatxonasini ochishni muhim deb hisoblagandi. Norovning aytishicha, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash mintaqaviy va global miqyosda muvofiqlashtirilgandagina muvaffaqiyat qozonadi.
Shuningdek, u jahon hamjamiyati Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonni izolyatsiya qilish mintaqa va xalqaro hamjamiyat uchun salbiy oqibatlarga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0