Endi onlayn firibgarlik sodir etganlar 8-yilgacha qamalishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota xakera za kompyuterom
Rabota xakera za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Firibgarlikni axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda prezident 19-oktabr kuni imzolangan 794-sonli qonunda nazarda tutilgan.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, firibgarlikni axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Endilikda ushbu qilmish uchun quyidagi jazolar belgilandi:
BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima;
2 yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayan huquqdan mahrum etib 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur qonun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Hujjatda Jinoyat kodeksiga yangi 192-12-modda kiritilishi taklif etilgandi.
U jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki hisobdan chiqarish va ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik uchun javobgarlikni nazarda tutadi.
Senat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 7 oyi davomida bank plastik kartalaridan pul mablag‘larini firibgarlik va o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan jami 1 812 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bugungi kunda bu huquqbuzarlik Jinoyat kodeksining firibgarlik, o‘g‘rilik 168, 169-moddalari bilan tasniflanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0