Yangi Toshkent qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi - foto, video

© Uzbekistan 24Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda
Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2022
Obuna bo‘lish
Prezidentga "Yangi Toshkent" konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangan Toshkentning 2045-yilgacha bo‘lgan bosh reja loyihasi taqdim etildi.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekiston poytaxtining sharqida rasmiylar yana bir shahar — Yangi Toshkentni qurishni rejalashtirmoqda. U “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i hududida joylashtiriladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi taqdimoti bilan tanishish jarayonida ma’lum qilindi.
© Uzbekistan 24Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda
Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Yangi shahar poytaxtning sharqiy qismida, Chirchiq va Qorasuv darolari oralig‘ida barpo etiladi. 500 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
© Uzbekistan 24Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda
Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Shundan kelib chiqib, istiqbolli rivojlanish va qurilish hududlari, yangi shahar bilan poytaxtni birlashtiruvchi asosiy yo‘llar sxemalari ishlab chiqilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan.
© Uzbekistan 24Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda
Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Qurilish vaziri o‘rinbosari Davron Odilovning so‘zlariga ko‘ra, yangi shaharning umumiy maydoni 20 ming gektarni tashkil qiladi.

"Shaharni rivojlantirish bo‘yicha bu stratageyamizni dunyodagi yetuk mutaxassislar ham ma’qulladi. Endi har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olib, aql bilan, sifatli qurish kerak. Bu yangi shahar xalqimizga munosib, iqlimimizga mos, zamonaviy bo‘lishi zarur", - dedi davlat rahbari.

© Uzbekistan 24Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda
Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Yangi shaharda ijtimoiy, madaniy va ma’muriy obyektlar, turar-joy majmualari qurilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, umumiy uzunligi 40 km bo‘lgan beshta yangi yashil maydonlarni yaratish ishlari allaqachon boshlangan. Keyinchalik bu koridorlarda dam olish zonalar tashkil etish rejalashtirilgan.
© Uzbekistan 24Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda
Proyekt Generalnogo plana goroda Tashkenta na period do 2045 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Taqdimotda aytilishicha, Yangi Toshkentda yer osti metrosi qurilishi rejalashtirilgan va bu yerda birinchi, ikkinchi hamda uchinchi Renessans davri ko‘chalari paydo bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0