Toqayev yanvar voqealari yetakchilarini qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi

© AFP 2023 / Handout / Kazakhstan Presidential press office /Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston yetakchisi yanvar voqealarida ishtirok etib, mayda jinoyatlar sodir etganlarga amnistiya e’lon qilganini, biroq banditlar, qotillar va talonchilar sud oldida javob berishini eslatdi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik Qozog‘iston yanvar oyida sodir bo‘lgan fojiali voqealardan saboq olib, kelajakda ularning takrorlanishining oldini olishi kerak. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Olmaota viloyatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’kidladi.
“Biz bu fojiadan saboq olishimiz va har qanday holatda ham bandit hamda terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamasligimiz kerak. Va bunday voqealar afsuski, takroriy sodir bo‘lmoqda. Kimdir buni juda xohlaydi”, - dedi Toqayev.
“Men yordamchi kuch bo‘lib chiqib, mayda jinoyatlar sodir etganlarga amnistiya e’lon qildim, biroq banditlar, qotillar va talonchilarni qalqonga ko‘tarishga urinayotganlardan qo‘rqish kerak, ular qonun bo‘yicha jazolanishi lozim, chunki ular xalqimizning tub manfaatlaridan yiroq g‘arazli maqsadlarni ko‘zlamoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Qozog‘iston yetakchisi.
Toqayevning ta’kidlashicha, “Vatanga xiyonat qilgan, ikkiyuzlamachilik va qo‘rqoqlik ko‘rsatganlar tez orada sud oldida javob beradi. Fojia sodir etgan yoki uni qo‘zg‘atgan shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tergov davom etmoqda”.
Qozog‘iston prezidenti ma’muriyatida fuqarolarning murojaatlarini qabul qiluvchi va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadigan maxsus bo‘lim borligini eslatdi.
“Bu ishni o‘z qarashlarim yo‘nalishida davom ettiraman. Joriy yilning atigi 9 oyida menga 41 mingta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, ularning har to‘rtinchisi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati va sud qarorlari bilan bog‘liq. Bu huquqiy islohotlarni davom ettirish muhimligidan dalolatdir. Qonun va tartib bizga fojiali hamda aslida davlatimiz obro‘siga putur yetkazadigan yanvar voqealari takrorlanishining oldini olishga imkon beradi”, - dedi u.

Qozog‘istondagi tartibsizliklar

2022 yil yanvar oyi boshida Qozog‘istonning bir necha shaharlarida ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tgan edi. Ularda ishtirok etganlar politsiya va harbiylarga hujum qilishdi.
Prezident Qasim-Jomart Toqayev buni davlat to‘ntarishiga urinish deb atab, KXShTga yordam so‘rab murojaat qildi. Rossiya va KXShTga a’zo bo‘lgan boshqa davlatlar zudlik bilan Qozog‘istonga xavfsizlik kuchlarni yuborgan va ular muhim ijtimoiy obyektlarni qo‘riqlashga jalb etilgan edi. 7-yanvarga kelib vaziyatni izga solishga erishildi, 19-yanvar kuni butun mamlakat bo‘ylab joriy qilingan favqulodda holat bekor qilindi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqealar natijasida 230 kishi halok bo‘lgan, 4,5 mingdan ziyod kishi jabrlangan.
Yangiliklar lentasi
0