Toqayev Qozog‘istonda til masalasini siyosiylashtirmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Press Service of the President of the Republic of Kazakhstan  / Mediabankka o‘tish Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev na zasedanii Sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva
 Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev na zasedanii Sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti til masalasidan siyosiy o‘yinlar uchun foydalanishni nomaqbul deb atadi.
TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev til masalasini siyosiylashtirmaslikka chaqirdi va qozoq tilining qo‘llanilish doirasi kengayishi bilan birga, boshqa tillardan ham voz kechmaslik kerakligini ta’kidladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Qozoq tilida so‘zlashuvchi yoshlar soni ortib bormoqda. Umuman olganda, til muhiti keskin o‘zgardi. Qozoq tilida so‘zlashuvchi turli millat vakillari ko‘p. Filmlar, musiqa va boshqa mahsulotlarga talab yuqori. Bularning barchasi qozoq tilining qo‘llanish sohasi yil sayin kengayib borayotganidan dalolat beradi”, - dedi Toqayev Olmaota viloyati jamoatchiligi bilan uchrashuvda.
“Qozoq tilidan siyosiy o‘yinlar uchun foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday xatolar ba’zi mamlakatlarda qayg‘uli oqibatlarga olib keldi. Davlatimiz qozoq tilini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda va biz bu yo‘nalishda ishlashda davom etamiz”, - deydi Qozog‘iston yetakchisi.
Shu bilan birga, u mutanosib til siyosati zarurligini qo‘shimcha qildi.
"Tilimizni ulug‘lashimiz kerak, bu to‘g‘ri. Lekin o‘zga tillarni o‘rganishdan bosh tortmasligimiz lozim. Bekorga aytishmaydi: “Ona til — birlik garovi, o‘zga til — farovon hayot kaliti”. Muvozanatli til siyosati olib borilishi kerak. Shu yo‘l bilangina maqsadlarga erisha olamiz”, - deya xulosa qildi u.
Avvalroq, Toqayev Qozog‘istonda rus tilining mavqeyi zaiflashmagani, buning aksini da’vo qilayotganlar esa haqiqatga qarshi ekanligini aytgandi.
Ma’lumot uchun, 2023-yil Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida "Rus tili - millatlararo muloqot tili" yili deb e’lon qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0