Parijda O‘zbekiston muzeylarining 300dan ortiq eksponatlari namoyish etiladi

© Akademiya Xudojestv UzbekistanaMuzey miniaturi Vostoka popolnilsya novoy kolleksiyey
Muzey miniaturi Vostoka popolnilsya novoy kolleksiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmadan Nukus, Samarqand va Buxoroning eng yirik muzeylaridan Turkiston va rus avangardiga taalluqli 24 ta mo‘yqalam asarlari ham joy oladi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Parijdagi Arab dunyosi institutida 23-noyabr kuni "Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari" nomli ko‘rgazma ochiladi. Bu haqida Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning XIX asr o‘rtalaridan to XX asr boshlarigacha bo‘lgan davri mobaynida yaratilgan noyob xalq amaliy san’ati asarlari namoyish etiladi.
Fransiyada ilk bor xalqaro jamoatchilik diqqat-e’tiboriga mamlakatning 9 ta yirik muzeyidan 300 dan ortiq ashyolar, jumladan, to‘qimachilik, liboslar, poyabzal, bosh kiyimlar, zargarlik buyumlaridan iborat sara to‘plamlar taqdim etiladi.
Shuningdek, Nukus, Samarqand va Buxoroning eng yirik muzeylaridan Turkiston va rus avangardiga taalluqli 24 ta mo‘yqalam asarlari ham joy oladi.
“Aminmanki, ushbu yirik loyiha O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi madaniyatlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi, tashrif buyuruvchilar uchun esa mintaqaga xos amaliy va tasviriy san’atning betakror yutuqlarini kashf ettiradi”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Ko‘rgazma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi va Arab dunyosi instituti hamkorligida tashkil etiladi. Ko‘rgazma Bosh kuratori Yaffa Assulin hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0