https://oz.sputniknews.uz/20221019/ozbek-qirgiz-chegaraoldi-hududida-kogart-kichik-ges-quriladi-29263713.html
O‘zbek-qirg‘iz chegaraoldi hududida Kogart kichik GES quriladi
O‘zbek-qirg‘iz chegaraoldi hududida Kogart kichik GES quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Shuningdek, chegaraoldi hududda Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish, to‘qimachilik majmuasini tashkil etish ham kutilmoqda. 19.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-19T12:32+0500
2022-10-19T12:32+0500
2022-10-19T12:32+0500
iqtisod
o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
chegara
hamkorlik
o‘zbekiston
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/913/84/9138428_161:182:3478:2048_1920x0_80_0_0_a3334f27f2753de517b39114c34999ae.jpg
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz chegaraoldi hududida quvvati 6,7 MVt bo‘lgan Kogart kichik gidroelektr stansiyasi quriladi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Baxit Toroboyev o‘rtasida uchrashuvda ma’lum qilindi.Onlayn bo‘lib o‘tgan uchrashuvda chegaraoldi hududda Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish, to‘qimachilik majmuasi va Kogart kichik gidroelektr stansiyasini qurish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar investitsiya kelishuvlari to‘plamini ishlab chiqishni imkon qadar tezroq yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishishdi.Tomonlar quyidagi hamkorlikka kelishib olishdi:Shuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlik sohasida yo‘lovchi avtobuslari va temir yo‘l tashishlarini qayta tiklash, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni ham ko‘paytiriladi.Uchrashuvda alohida tartibda Bishkek shahrida Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 10-yig‘ilishi va biznes-forumni ikki mamlakat mintaqalari rahbarlari ishtirokida yuqori tashkiliy darajada va mazmun jihatidan boyitilgan tarzda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/913/84/9138428_885:371:3121:2048_1920x0_80_0_0_80821fa03e820c13cac01bbaa36fee95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari, chegara, hamkorlik, o‘zbekiston, qirg‘iziston
iqtisod, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari, chegara, hamkorlik, o‘zbekiston, qirg‘iziston
O‘zbek-qirg‘iz chegaraoldi hududida Kogart kichik GES quriladi
Shuningdek, chegaraoldi hududda Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish, to‘qimachilik majmuasini tashkil etish ham kutilmoqda.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz chegaraoldi hududida quvvati 6,7 MVt bo‘lgan Kogart kichik gidroelektr stansiyasi quriladi. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Baxit Toroboyev o‘rtasida uchrashuvda ma’lum
qilindi. Onlayn bo‘lib o‘tgan uchrashuvda chegaraoldi hududda Sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish, to‘qimachilik majmuasi va Kogart kichik gidroelektr stansiyasini qurish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar investitsiya kelishuvlari to‘plamini ishlab chiqishni imkon qadar tezroq yakunlash bo‘yicha kelishuvga erishishdi.
Tomonlar quyidagi hamkorlikka kelishib olishdi:
Oziq-ovqat va urug‘lik kartoshka yetishtirishni tashkil etish;
Chorvachilik komplekslarini yaratish;
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, issiqxonalar uchun uskunalar va jun mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xomashyo yetkazib berish.
Shuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlik sohasida yo‘lovchi avtobuslari va temir yo‘l tashishlarini qayta tiklash, ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni ham ko‘paytiriladi.
Qolaversa, tomonlar “Irkeshtam - Daroot - Qo‘rg‘on - Uch-Qo‘rg‘on” avtomobil yo‘lini qurish imkoniyatlarini muhokama etib, ushbu yo‘nalishda barcha zarur choralarni ko‘rishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Uchrashuvda alohida tartibda Bishkek shahrida Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 10-yig‘ilishi va biznes-forumni ikki mamlakat mintaqalari rahbarlari ishtirokida yuqori tashkiliy darajada va mazmun jihatidan boyitilgan tarzda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.