Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 19-oktabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Mediabankka o‘tishChastichno razrushennie doma na odnoy iz ulis v Mariupole.
Chastichno razrushennie doma na odnoy iz ulis v Mariupole. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Bugun tongda Kiyev rejimi ZAESni yana bir bor desant kuchlari yordamida egallab olishga harakat qildi. Dushman tomnidan 90dan ortiq askar qurbon bo‘ldi.
TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyanig 19-oktabr kuni asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi bayonoti:

Rossiya Federatsiyasi QK Ukrainaning harbiy qo‘mondonlik va energetika tizimlariga yuqori aniqlikdagi uzoq masofali havo va dengiz qurollari bilan zarba berishni davom ettirdi.
Kupansk yo‘nalishida, Xarkov viloyatining Petropavlovka, Peschanoe va Berestovoe aholi punktlari hududlarida Ukraina QKning 14 va 92-mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalariga, shuningdek, chet ellik yollanma askarlarga zarba berildi. Natjada 40 dan ortiq ukrainalik harbiylar, to‘rtta zirhli jangovar mashina va uchta pikap yo‘q qilindi.
Krasno-Liman yo‘nalishida, LXRning Stelmaxovka, Rozovka va Raigorodka aholi punktlari hududlarida tunda dushmanning Jerebes darosini kechib o‘tishga bo‘lgan urinishlari barbod etildi, 30 dan ortiq Ukraina harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita avtomashinani yo‘q qildi.
Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida Nikolayev shahri yaqinidagi hamda Xerson viloyatining Novovoskresenskoe, Bezimennoe va Trifonovka aholi punktlariga Ukraina QKning 60-piyoda va 35-dengiz piyodalari brigadasi bo‘linmalariga zarba berildi. Kun davomida 120 dan ortiq Ukraina harbiylari va yollanma askarlar, sakkizta zirhli jangovar texnika va 12 ta texnika yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa va artilleriya zarbalari bilan Xarkov viloyatining Metallovka, Dvurechnaya, Ilichovka, Toretsk, Yakovlevka, DXRning Podgornoe, Gulyaipole, Zaporojye viloyatining Metallovka aholi punktlari hududlarida joylashgan yettita qo‘mondonlik punktlari, 64 ta artilleriya bo‘linmasi 156 ta o‘q otish joylari va harbiy texnikasiga zarba berildi.
Xarkov viloyatining Chervona Dolina, Zaporojye viloyatining Novorigorivka va Nikolayev viloyatining Bereznegovatoe aholi punktlari hududlarida uchta o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Kupansk va Odessa viloyatining Novoelizavetovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasining ikkita uchirish moslamasi yo‘q qilindi.
Batareyaga qarshi jangda Xarkov viloyatidagi Glushkovka aholi punkti hamda Donetsk Xalq Respublikasining Chasov Yar posolkasi hududida ikkita artilleriya batareyasi va Volchansk aholi punktlarida Uragan ko‘p raketa tizimining ikkita vzvodu mag‘lubiyatga uchradi.
Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyoti Xerson viloyatining Trifonovka qishlog‘i hududida havo mudofaasi yordamida urib tushirildi.
Xerson viloyatining Chaykino, Suxanovo va Kucherskoe, Donetsk Xalq Respublikasining Novoselivka Staromayorskoe, Luganskoe va Lugansk Xalq Respublikasining Popasnaya aholi punktlari hududlarida 12 ta uchuvchisiz apparatlar urib tushirildi.
Bundan tashqari, Xerson viloyatining Kaxovka qishlog‘i yaqinida HIMARS va "Olxa" raketa tizimlarining 11 ta snaradlari, shuningdek, sakkizta HARM antiradar raketalari tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon dushmanning jami 324 ta samolyoti, 161 ta vertoloti, 2278 ta uchuvchisiz uchish apparati, 383 ta zenit-raketa kompleksi, 5891 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 873 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 3489 ta maydon artilleriya qismlari va minomotlari, shuningdek, 6652 dona maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi.

Kiyev rejimi Zaporoje atom elektr stansiyasida texnogen falokat xavfini yaratish maqsadida provokatsiyalarni to‘xtatmayapti.

Bugun, taxminan ertalab soat 4 larda dushman ikki rotagacha bo‘lgan qo‘shin bilan Kaxovka suv omborining chap qirg‘og‘iga qo‘shinlarini tushirishga va AES hududini egallab olishga navbatdagi urinishni amalga oshirdi.
Qirg‘oqda o‘rnashib olish uyushtirilgan hujumda Ukraina Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari bo‘lgan 37 ta kater va katerlar, shu jumladan 12 ta og‘ir va 25 ta yengil turdagi kemalar ishtirok etdi.
Zaporoje atom elektr stansiyasining tashqi perimetrini qo‘riqlayotgan rus qo‘shinlarining faol harakatlari natijasida dushmanning desant qo‘shinlari yo‘q qilindi. Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘qotishlari 90 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi va 14 ta qayiqni tashkil etdi. Desantning qoldiqlari Kaxovka suv ombori akvatoriyasida artilleriya otishmalari bilan tarqatib yuborildi.
Bundan tashqari, kun davomida Ukraina Qurolli kuchlari artilleriyasi Energodar shahrining shimoliy chekkasi va AESga tutash hududga 13 ta snarad otdi. Zarbalar Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostidagi Dnepropetrovsk viloyatining Marganes aholi punkti hududidan berilgan.
Yangiliklar lentasi
0