Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Bu hali holva”: Qodirov Ukraina hukumatiga murojaat qildi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishRamzan Kadirov, arxivnoe foto
Ramzan Kadirov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Rossiya Kiyev rejimini uzoq ogohlantirganini aytdi va bundan buyog‘iga hammasi boshqacha bo‘lishini ta’kidladi.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya qo‘shinlarining Ukraina harbiy boshqaruv va energetika tizimlari obyektlariga zarbalariga munosabat bildirib, bundan buyon Rossiya Kiyev hukumatiga o‘z shartlarini o‘tkazishini ma’lum qildi.
“Biz Kiyevda o‘tirib qolgan jinoiy rahbariyatni maxsus harbiy operatsiya davomidagi aniq choralar biz tomonimizdan hali qabul qilinmaganidan juda uzoq ogohlantirgandik. Rossiya ko‘p marotaba iblis qo‘mondonligiga o‘z hushini yig‘ishtirib olishga imkoniyat berdi. Biroq bizni eshitishmadi yoki e’tiborga olishmadi. Endi hammasi boshqacha bo‘ladi. Shartlarni bundan buyon biz qabul qildiramiz. Bu hali holva”, - deya yozdi Qodirov o‘zining telegram kanalida.
Shuningdek, u ittifoqchi kuchlarning Artyomovsk yo‘nalishidagi muvaffaqiyatlari haqida ma’lum qilgan.
Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan hafta davomida yuqori aniqlikdagi qurollar bilan Ukrainaning harbiy boshqaruv, aloqa va energetika tizimlari obyektlariga zarba berishdi. Eng kuchli va ommaviy zarbalar 10 va 11-oktabr kunlari berildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10-oktabr kuni mamlakat Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan yig‘ilishda bu Kiyevning Qrim ko‘prigida uyushtirgan terakti va Rossiyaning boshqa fuqarolik obyektlariga hujumlariga javob ekanini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0