https://oz.sputniknews.uz/20221018/wsj-shimoliy-oqimdagi-portlashlar-boyicha-tergovning-ilk-natijalarini-malum-qildi--29233582.html
WSJ “Shimoliy oqim”dagi portlashlar bo‘yicha tergovning ilk natijalarini ma’lum qildi
WSJ “Shimoliy oqim”dagi portlashlar bo‘yicha tergovning ilk natijalarini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tergovchilar avariyaga aloqador shaxslarni aniqlay olmadi, deyiladi xabarda. 18.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-18T16:45+0500
2022-10-18T16:45+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
shimoliy oqim-2
portlash
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1d/28651783_0:7:960:547_1920x0_80_0_0_c0c09c2128aae0c6766c3a073a932b4a.png
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Nemis tergovchilari “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim - 2” quvurlaridagi portlashlar qo‘poruvchilik tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aniqladi, biroq ular buni kim sodir etganini hali aniqlay olmadi, deb yozmoqda “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib.Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi rasmiylar portlashlar sodir bo‘lgan hududda NATO harbiy-dengiz kuchlari suv osti kemalarining diqqat bilan kuzatilganini ta’kidlab, qo‘poruvchilikni suv osti kemasi amalga oshirgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emasligini aytmoqda.Hujumlar 26-sentabr kuni birdaniga Rossiyaning Yevropaga eksport qiluvchi ikkita gaz quvuri – “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim - 2”ga uyushtirildi. Germaniya, Daniya va Shvetsiya maqsadli qo‘poruvchilikni istisno qilmaydi. Kreml voqeani xalqaro terrorchilik harakati deb atadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1d/28651783_112:0:849:553_1920x0_80_0_0_e95e85acfd0affa7ee9ab51477bd8848.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, shimoliy oqim-2, portlash, rossiya
dunyoda, shimoliy oqim-2, portlash, rossiya
WSJ “Shimoliy oqim”dagi portlashlar bo‘yicha tergovning ilk natijalarini ma’lum qildi
16:45 18.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Tergovchilar avariyaga aloqador shaxslarni aniqlay olmadi, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Nemis tergovchilari “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim - 2” quvurlaridagi portlashlar qo‘poruvchilik tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aniqladi, biroq ular buni kim sodir etganini hali aniqlay olmadi, deb yozmoqda “The Wall Street Journal” manbalarga
tayanib. “Tergovchilar avariyaga aloqador shaxslarni aniqlay olmadi”, deyiladi xabarda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi rasmiylar portlashlar sodir bo‘lgan hududda NATO harbiy-dengiz kuchlari suv osti kemalarining diqqat bilan kuzatilganini ta’kidlab, qo‘poruvchilikni suv osti kemasi amalga oshirgan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emasligini aytmoqda.
“Nazariyalardan biri shundaki, portlovchi qurilmalar kemadan tushirilgan va masofadan turib ishga tushirilgan”, deydi Germaniya rasmiylari.
Hujumlar 26-sentabr kuni birdaniga Rossiyaning Yevropaga eksport qiluvchi ikkita gaz quvuri – “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim - 2”ga uyushtirildi. Germaniya, Daniya va Shvetsiya maqsadli qo‘poruvchilikni istisno qilmaydi. Kreml voqeani xalqaro terrorchilik harakati deb atadi.