https://oz.sputniknews.uz/20221018/seysmik-faol-zonalarda-quriladigan-obektlarga-ilmiy-xulosalar-beriladi-29214281.html
Seysmik faol zonalarda quriladigan obyektlarga ilmiy xulosalar beriladi
Seysmik faol zonalarda quriladigan obyektlarga ilmiy xulosalar beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlarga Qurilish vazirligi tomonidan ilmiy xulosalar beriladi. 18.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-18T10:00+0500
2022-10-18T10:00+0500
2022-10-18T10:00+0500
jamiyat
qurilish
qurilish vazirligi
zilzila
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/09/27936140_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_6e0b4f6fcc45e8827adf5ddb417b5523.jpg
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Endi seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlarga Qurilish vazirligi tomonidan ilmiy xulosalar beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 15-oktabr kuni qabul qilingan 603-son qarori nizomida keltirilgan.Nizomga ko‘ra, loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin ular xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish hamda ekspertizadan o‘tkazish uchun buyurtmachi tashkilotlar tomonidan Qurilish vazirligiga taqdim etiladi va quyidagi muddatlarda xulosa beriladi:Ma’lumot uchun, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibi joriy etilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/09/27936140_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_d726d4dc664a55254f8baaf04022a8a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qurilish, qurilish vazirligi, zilzila
jamiyat, qurilish, qurilish vazirligi, zilzila
Seysmik faol zonalarda quriladigan obyektlarga ilmiy xulosalar beriladi
Seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlarga Qurilish vazirligi tomonidan ilmiy xulosalar beriladi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Endi seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan obyektlarga Qurilish vazirligi tomonidan ilmiy xulosalar beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 15-oktabr kuni qabul qilingan 603-son qarori nizomida
keltirilgan. Nizomga ko‘ra, loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin ular xavflilik omili IV toifaga mansub obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish hamda ekspertizadan o‘tkazish uchun buyurtmachi tashkilotlar tomonidan Qurilish vazirligiga taqdim etiladi va quyidagi muddatlarda xulosa beriladi:
loyiha-smeta hujjatlari uch kun muddatda zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish uchun Fanlar akademiyasiga yo‘naltiriladi;
hujjatlar yo‘naltirilgandan so‘ng bir kun muddatda buyurtmachi tashkilotlar Fanlar akademiyasiga buyurtmanoma taqdim etadi;
Fanlar akademiyasi o‘n ish kuni davomida buyurtmachilar bilan shartnoma rasmiylashtiradi hamda nazariy va amaliy tajriba sinovidan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;
Fanlar akademiyasi bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddatda ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qiladi;
Fanlar akademiyasi ilmiy xulosa qabul qilgandan keyin uch ish kuni davomida zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning nusxasini buyurtmachiga yetkazadi;
shartnoma shartlari to‘liq bajarilganda xulosaning asli va taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachiga beriladi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan obyektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibi joriy etilgan.