O‘shda “SamAvto” avtobuslari harakatlana boshlaydi - foto

Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston shahrida bu avtobuslar ikki kun ichida qatnovga chiqariladi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Qirg‘izistonning O‘sh shahriga O‘zbekistonning “SamAvto” zavodida ishlab chiqarilgan 50 dona ISUZU SAZ HC40 rusumli avtobus olib kelindi.
Shahar meri Almaz Mambetovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu avtobuslar yonilg‘i sarfi kamligi, texnik ko‘rsatkichlari va narxining hamonbopligi bilan qulay.
Aftobuslar O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi ko‘magida xarid qilingan.
“Fuqarolarning murojaatlari inobatga olinib, maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, yangi olib kelingan avtobuslar eng zarur hududlarga taqsimlandi. To‘rtta munitsipal yo‘nalish bo‘yicha”, deydi shahar meri Almaz Mambetov.
Avtobuslarning narxi 37 ming dollarga baholanmoqda. Ularning har biri 38 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

"Ushbu avtobuslar ikki kun ichida qatnovga chiqariladi. Buning uchun shaharning Japalak QFY, Turon va Amir-Temur shahar hududiy bo‘limlariga yo‘nalishlar ishlab chiqildi. Shuningdek, yangi jamoat transportlariga "BUS Service" mobil ilovasi o‘rnatildi. Bu esa yo‘lovchilarga yo‘lni oldindan rejalashtirish imkonini beradi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yo‘l haqi naqd to‘lov uchun 10 som (taxminan 1 339 so‘m), naqd pulsiz elektron to‘lovlar uchun 8 som.
© Sputnik

Ular O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi ko‘magida xarid qilingan.

Ular O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi ko‘magida xarid qilingan. - Sputnik O‘zbekiston
1/4

2/4

3/4

4/4

Yangiliklar lentasi
0