O‘quvchilarning ruhiy holatini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot o‘tkazildi

© Xalq ta’limi vazirligi Raqamli kutubxona
Raqamli kutubxona  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ilk bor o‘smirlarning ruhiy salomatligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari e’lon qilindi
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilarining ruhiy xolatini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot o‘tkazildi. Bu haqda YuNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade ma’lum qildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning 15,4 foizi — o‘rtacha va o‘ta og‘ir xavotir holatida ekani hamda 9,8 foizi — depressiyaga duch kelgani aniqlangan.
Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, 10 foizdan oshiq o‘quvchilar ijtimoiy bog‘liqlikni his etmaydi: har o‘n o‘quvchidan bittasi o‘zini maktab bilan bog‘lamaydi (8,7 foiz), undan ham ko‘prog‘i o‘zini maktabning bir qismi deb hisoblamaydi (13,1 foiz) yoki o‘zini sinfda yolg‘iz his qiladi (16,7 foiz).
"O‘smirlik juda katta imkoniyatlarni taqdim etadi, shuningdek, ruhiy salomatlikka ziyon yetkazuvchi omillar sababli alohida e’tiborni ham talab qiladi. Bu o‘smirlarning o‘rganish, qarorlar qabul qilish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishlariga ta’sir qiladi", - dedi Munir Mamedzade. "YuNICEF va hamkorlar bu borada profilaktika hamda erta aralashuv sa’y-harakatlarini kuchaytirishga alohida e’tibor bergan holda, Senat va barcha tegishli vazirlik-idoralar bilan ish olib boradi", — deya ta’kidladi u.
Maktabdagi har 10 nafar bolaning ikkitasi jismoniy zo‘ravonlikka uchraydi. Shu sababdan maktabga borishdan qo‘rqadi. O‘quvchilarga professional psixologik yordam kerak. Ammo ularning atigi 17 foizi maktab psixologiga murojaat qiladi. Asosiy qismi ota-onasi, do‘stlari va yaqin qarindoshlaridan yordam kutishadi.
YuNISEF hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etgan ushbu tadqiqotda respublikadagi barcha 14 ta hududdagi 299 ta maktabning 22854 nafar o‘quvchisi ishtirok etgan. Tadqiqot orqali o‘spirinlarning ehtiyojlarini, ularning ruhiy salomatligi va ruhiy-ijtimoiy farovonligiga ta’sir qiluvchi maktab bilan bog‘liq omillarni o‘rganish maqsad qilingan.
Yangiliklar lentasi
0