Muvofiqlikni baholash organlari qo‘llab-quvvatlanadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishOfis CAS v Pxenchxane
Ofis CAS v Pxenchxane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
Muvofiqlikni baholash organiga xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. “O‘zbekistonda muvofiqlikni baholash organlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, muvofiqlikni baholash organiga xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.
Bunda xarajatlar amalga oshiriladigan ishlarning har bir birligi uchun ekvivalentda 200 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda milliy valyutada qoplab beriladi.
Xarajatlar akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari hamda xodimlarni sertifikatlash organlariga qoplab beriladi.
Xarajatlari qoplab berilgan muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya guvohnomasi davriy baholashlarda bekor qilinsa, ushbu organga kelgusida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab berilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0