Jabrlangan tez yordam xodimiga "Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni topshirildi

© Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni
“Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vaziri B.Musayev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining neyroxirurgiya bo‘limida davolanayotgan ushbu bemor holidan xabar oldi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Toshkentda jabrlangan “Tez yordam” xodimi “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkentning Mirobod tumanida tez yordam xodimlari kaltaklangani haqida xabar berilgandi. Ayni paytda ushbu hodisa oqibatida jiddiy tan jarohati olgan “103” haydovchisi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida tegishli muolajalarni olmoqda.
Dastlabki tekshiruvlar natijasida unga “Bosh miya yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, chap tizza sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi” tashxisi qo‘yilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri B.Musayev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining neyroxirurgiya bo‘limida davolanayotgan ushbu bemor holidan xabar oldi.
“Afsuski, keyingi paytlarda o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan shifokor va hamshiralar, ayniqsa, “Tez yordam” xodimlariga nisbatan kuch ishlatish holatlari tez-tez uchramoqda. Aholining sog‘ligini himoya qilishda o‘zini ayamay jon kuydirayotgan tizim xodimlariga tajovuz qilgan kimsalarga nisbatan qonunchilikda qat’iy javobgarlik belgilanishi ustida ishlanmoqda. O‘ylaymanki, qonunchilikka kiritilayotgan bu o‘zgarishlar soha vakillarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim asos bo‘ladi”, deydi B.Musayev.
Bemor o‘z so‘zida 64 yoshga kirganiga qaramay, xalq salomatligi yo‘lida g‘ayrat-shijoat bilan mehnat qilishdan tolmasligini, otasi tengi insonga, qolaversa, tibbiyot brigidasi tarkibida chaqiruv manziliga borgan shifokor ayolga qo‘l ko‘targan kimsa esa qonun oldida javob berishiga qat’iy ishonishini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0