https://oz.sputniknews.uz/20221018/hozircha-safarbarlik-toxtagani-yoq--peskov-29240906.html
Hozircha safarbarlik to‘xtagani yo‘q – Peskov
Hozircha safarbarlik to‘xtagani yo‘q – Peskov
Sputnik O‘zbekiston
Peskovning aytishicha, Rossiyada safarbarlikni yakunlash to‘g‘risida qaror hali qabul qilinmadi, biroq bir qator hududlar safarbarlik rejalarini bajarib bo‘lgan. 18.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-18T18:18+0500
2022-10-18T18:18+0500
2023-04-05T18:40+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir putin
dmitriy peskov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/01/23716269_0:43:3076:1773_1920x0_80_0_0_171021b5264308c9ea007cfb7e0f3d5e.jpg
TOShKENT, 18 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlikni yakunlash to‘g‘risida hozircha farmon chiqarmadi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, Mudofaa vazirligi har bir mintaqa uchun son bo‘yicha safarbarlik ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘ygan va bir qator hududlar topshiriq bajarilganini bildirgan.Ko‘pgina hududlar safarbarlik topshiriqlarining bajarilishi haqida allaqachon hisobot berishgan, xususan, bir kun oldin Moskva shahri bu haqda e’lon qilgan.Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 21-sentabr kuni Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilgan edi. Davlat rahbari murojaatnomasida mazkur targ‘ibot doirasida faqat zaxiradagi fuqarolar, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayan harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar chaqirilishi lozimligini ta’kidladi.4 oktabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Qurolli kuchlariga qisman safarbarlik doirasida chaqirilgan 200 mingdan ortiq odam kelganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, kadrlar tayyorlash 80 poligon va oltita o‘quv markazida olib boriladi.Avvalroq, Rossiya yetakchisi mamlakatda e’lon qilingan qisman safarbarlik bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ikki hafta ichida yakunlanishini taxmin qilgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/01/23716269_333:0:2782:1837_1920x0_80_0_0_d65383d514a3af244fb1b3b655d140c2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, dmitriy peskov, rossiya
vladimir putin, dmitriy peskov, rossiya
Hozircha safarbarlik to‘xtagani yo‘q – Peskov
18:18 18.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Peskovning aytishicha, Rossiyada safarbarlikni yakunlash to‘g‘risida qaror hali qabul qilinmadi, biroq bir qator hududlar safarbarlik rejalarini bajarib bo‘lgan.
TOShKENT, 18 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlikni yakunlash to‘g‘risida hozircha farmon chiqarmadi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov
ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Mudofaa vazirligi har bir mintaqa uchun son bo‘yicha safarbarlik ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘ygan va bir qator hududlar topshiriq bajarilganini bildirgan.
“Hozircha bunday qarorlar bo‘lmagan. Bilasizmi, Mudofaa vazirligi tomonidan har bir hudud uchun son bo‘yicha safarbarlik ko‘rsatkichlari belgilab berilgan. Viloyatlar esa safarbarlik topshirig‘i bajarilganini bildirmoqda. Shunday qilib, qisman safarbarlik jarayoni bu vazifani uddalagan hududlarda allaqachon tugatilgan va to‘xtatilgan. Prezident farmoniga kelsak, hozircha yo‘q, biz sizga ma’lum qilamiz”, - deya tushuntirdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Ko‘pgina hududlar safarbarlik topshiriqlarining bajarilishi haqida allaqachon hisobot berishgan, xususan, bir kun oldin Moskva shahri bu haqda e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 21-sentabr kuni Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilgan edi. Davlat rahbari murojaatnomasida mazkur targ‘ibot doirasida faqat zaxiradagi fuqarolar, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayan harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar chaqirilishi lozimligini ta’kidladi.
4 oktabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Qurolli kuchlariga qisman safarbarlik doirasida chaqirilgan 200 mingdan ortiq odam kelganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, kadrlar tayyorlash 80 poligon va oltita o‘quv markazida olib boriladi.
Avvalroq, Rossiya yetakchisi mamlakatda e’lon qilingan qisman safarbarlik bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ikki hafta ichida yakunlanishini taxmin qilgandi.