https://oz.sputniknews.uz/20221018/hosildorlik-oshgan-maydonlar-uchun-subsidiya-ajratiladi-29250662.html
Hosildorlik oshgan maydonlar uchun subsidiya ajratiladi
Hosildorlik oshgan maydonlar uchun subsidiya ajratiladi
Sputnik O‘zbekiston
200 ming gektar maydonni lazerli tekislanadi. Lazerli tekislash uskunasini sotib olgan fermerlar xarajati qoplab beriladi. 18.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-18T19:26+0500
2022-10-18T19:26+0500
2022-10-18T19:26+0500
iqtisod
subsidiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0d/14526982_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_5b164911ec4704f464a5f1615ead1a40.jpg
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohada yil yakunigacha kutilayotgan natijalar va kelgusi yildagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi islohotlar natijasida meva-sabzavot eksporti 1,7 baravar oshib, 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. G‘allachilikda bozor mexanizmlariga o‘tilgani natijasida fermerlar daromadi 2 baravarga oshdi. Aholiga yerlarni bo‘lib berish hisobiga bu yil qo‘shimcha 1 million tonnadan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi.Iqlim o‘zgarishi va jahondagi murakkab vaziyat sababli oziq-ovqat xavfsizligi asosiy masalaga aylanmoqda. Jahonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi oshishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda, avvalo, aholi talabini qondirish hamda eksport imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kerak.Davlat rahbari sohadagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.“Qishloq xo‘jaligi masalasini alohida e’tiborga olib, tez-tez muhokama qilib borayotganimiz bejiz emas. Chunki bu iqtisodiyotimizning to‘rtdan bir qismini tashkil qiladigan muhim soha. Buning zamirida xalqimiz farovonligi, narx-navo barqarorligi, qancha ish o‘rinlari yotibdi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.Yer va suv resurslaridan samarali foydalanib, hosildorlikni oshirish masalasi ko‘rildi. Fermerlarga tuproqning tarkibini aniqlash, urug‘lik tanlash, ekinni sug‘orish va zararkunandalardan himoyalashda ko‘maklashish kerakligi ta’kidlandi.Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda hududlarda suv resurslarini samarali boshqarish loyihalarini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.Dehqonchilik uchun yer va suv kabi eng zarur manbalardan biri bu mablag‘. Fermer xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, kredit va subsidiya olishni yengillashtirish zarurligi qayd etildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0d/14526982_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_8f1fc07c9308487d83638d62b0b93187.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, subsidiya
Hosildorlik oshgan maydonlar uchun subsidiya ajratiladi
200 ming gektar maydonni lazerli tekislanadi. Lazerli tekislash uskunasini sotib olgan fermerlar xarajati qoplab beriladi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev agrar sohada yil yakunigacha kutilayotgan natijalar va kelgusi yildagi vazifalar yuzasidan
yig‘ilish o‘tkazdi. Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi islohotlar natijasida meva-sabzavot eksporti 1,7 baravar oshib, 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. G‘allachilikda bozor mexanizmlariga o‘tilgani natijasida fermerlar daromadi 2 baravarga oshdi. Aholiga yerlarni bo‘lib berish hisobiga bu yil qo‘shimcha 1 million tonnadan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi.
Iqlim o‘zgarishi va jahondagi murakkab vaziyat sababli oziq-ovqat xavfsizligi asosiy masalaga aylanmoqda. Jahonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi oshishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda, avvalo, aholi talabini qondirish hamda eksport imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kerak.
Davlat rahbari sohadagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.
“Qishloq xo‘jaligi masalasini alohida e’tiborga olib, tez-tez muhokama qilib borayotganimiz bejiz emas. Chunki bu iqtisodiyotimizning to‘rtdan bir qismini tashkil qiladigan muhim soha. Buning zamirida xalqimiz farovonligi, narx-navo barqarorligi, qancha ish o‘rinlari yotibdi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yer va suv resurslaridan samarali foydalanib, hosildorlikni oshirish masalasi ko‘rildi. Fermerlarga tuproqning tarkibini aniqlash, urug‘lik tanlash, ekinni sug‘orish va zararkunandalardan himoyalashda ko‘maklashish kerakligi ta’kidlandi.
Shu maqsadda 200 ming gektar maydonni lazerli tekislash taklifi ma’qullandi. Bunda hosildorlik oshgan maydonlar uchun subsidiya ajratiladi, lazerli tekislash uskunasini sotib olgan fermerlar xarajati qoplab beriladi.
Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda hududlarda suv resurslarini samarali boshqarish loyihalarini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Dehqonchilik uchun yer va suv kabi eng zarur manbalardan biri bu mablag‘. Fermer xo‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, kredit va subsidiya olishni yengillashtirish zarurligi qayd etildi.