Yevropa muzokaralarga tayyor bo‘lyapti. Amerikaga hali vaqt kerak

© © AP Photo / Virginia MayoFlag s simvolikoy Yevrosoyuza v Brussele
Flag s simvolikoy Yevrosoyuza v Brussele  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftada g‘arblik siyosatchilarning qator bayonotlari bo‘ldi. Ular Kiyev hukumatiga mulohaza qilishi uchun zamin yaratishi kerak edi.
Boshlanishiga Emmanuel Makron Moskva va Kiyev iloji boricha tezroq muzokaralar stoliga o‘tirish kerak degan istagini bildirdi.
“Ukraina buni qilishga majbur bo‘ladi”, - dedi u.
Ertasi kuni u Rossiya Ukrainada shunday qadam tashlasa, Fransiya yadro qurolidan foydalanish niyatida emasligini aytib, bu aniq ekanligini ta’kidladi. Keyin uning tvitterida ko‘p ma’noga ega: “Biz Jahon urushini istamaymiz” degan xabar paydo bo‘ldi. Biroq, keyinroq Parij Vladimir Zelenskiyga o‘z hududida qarshilik ko‘rsatishga yordam berishda davom etishini qo‘shimcha qildi. Bundan so‘ng Fransiya prezidenti Kiyevga hozir Ukraina Qurolli Kuchlari Doneskni o‘qqa tutayotgan SAU CAESAR qurollarini yetkazilganini ma’lum qildi.
Makrondan so‘ng so‘z navbati Yevropa diplomatiya rahbari Jozep Borrelga tegdi. Avvaliga u Rossiyaning Ukrainaga yadroviy zarba berishi ortidan G‘arbning javobi yadroviy emas, balki kuchli harbiy javob bo‘lishini aytdi. Va uning keyinchalik aniqlik kiritishicha, gap Rossiya armiyasini na qisman, na to‘liq yo‘q qilish haqida ham ketmagan.
Biroq shundan so‘ng "The Wall Street Journal" jurnalisti o‘z tvitini e’lon qildi, unda ismi oshkor etilmagan yuqori martabali yevropalik diplomat o‘z hamkasbining bayonotini rad etgan:
“U bunday vakolatga ega bo‘lmagan holda, o‘zida yo‘q imkoniyatlar yordamida o‘zi mas’ul bo‘lmagan javob variantlari haqida gapirdi. Bizga faqat hayratlanish qoldi”, - deb suhbatdoshining so‘zlarini keltiradi u.
Bir-biriga zid bayonotlar AQSh dan ham yangramoqda: albatta Oq uy Bayden Vladimir Putin bilan Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida uchrashmasligini ma’lum qildi. Ammo bu paytda Pentagon rahbari Lloyd Ostin hozirgi mojarolarga NATOning aralashmasligini alohida ta’kidladi. Alyansning bosh kotibi Yens Stoltenbergning ta’kidlashicha, tashkilot nizomining beshinchi moddasiga ko‘ra, bir a’zoga qilingan hujumni butun alyansga hujum sifatida qabul qilish Ukraina holatida ish bermaydi. Xullas tezlashtirilgan rejimda blokka kirish to‘g‘risidagi arizasi bilan Zelenskiyga salom yo‘lladi xolos.
To‘g‘ri, alyans a’zolarining yadroviy xavf yo‘qligiga ishontirishlariga qaramay, NATO “Rossiya chegaralaridan 600 mil uzoqliqda” yadroviy mashg‘ulotlar olib bormoqda. Va yaqinda KXDRda rekatalar uchirilishiga ular aloqador ekanligiga ishonadigan hech kim bo‘lmasa kerak.
Shu bilan birga aniqki, bunday bayonotlar bilan G‘arb mojaroning diplomatik yechimiga yaqinlashayotgani yo‘q. Ukraina hukumati bilan muzokaralar mojarolarga sabab bo‘lgan muammolarni hal qilmaydi. Agar kuchugingiz zanjirdan chiqib ketgan bo‘lsa, uning hujumiga uchragan odam kuchuk bilan gaplashmaydi- katta ehtimol bilan odam shunchaki uni otib o‘ldiradi, kuchuk xo‘jayini bilan esa gaplashib oladi. Shunday ekan, imkoningiz borida uni zanjirlab qo‘ying.
Zelenskiyning albatta muzokaralar stolida o‘tirish imkoni bor, ammo faqat nominal sifatda. Ammo bu stolga G‘arbni o‘tkazish uchun Rossiyaga bitta shart kerak: agar mojaro davom etsa, Yevropa o‘z suverenitetini tezda yo‘qotish istiqbolini anglashi lozim.
Energetika siyosatidagi tubdan islohotlar Eski dunyoda kuchlar muvozanati o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, Germaniya, bir paytlar butun Yevropa iqtisodiyotini tortgan mamlakat, Rossiya yoqilg‘isini sotib olish imkoniyatidan mahrum bo‘lyapti. Buning natijasida sanoati yo‘q bo‘lib ketish ostonasida turibdi. Bunday sharoitda Berlin ikkinchi rejaga o‘tishga majbur. Birinchi planga ega energomanbalarga ruxsati borlar - birinchi navbatda, Norvegiyadan gaz oladigan Polsha chiqadi. Kansler Olaf Shols agar ushbu ssenariyning naqadar jiddiyligini anglamagan bo‘lsa, aniqki uni aslo ijro etmayotir ham.
YeI da boshqaruv jilovining almashishi umuman Yevroittifoqning qadrsizlanishiga olib keladi: Ukraina inqirozida (ya’ni, “Kiyevning jang maydonidagi g‘alabasi”) kerakli natijalarga erishilgan taqdirda, AQSh Xitoyga qarshi turish uchun tashqi siyosatining asosiy vektorini Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga o‘tkazadi. Buning uchun AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliyani o‘z ichiga olgan AUKUS ittifoqi tuzildi: NATOning hozirgi ko‘rinishida davom etishi nafaqat o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, balki juda qimmatga ham tushadi.
Ukraina ustidan g‘alaba bu holatda Rossiyaning bir qancha muammolarini hal qiladi, biroq Yevropaning eski yetakchi mamlakatlarining zaiflashishi va yangilarining paydo bo‘lishi xuddi avvalgidek tahdid bo‘lib qoladi. Aynan Shuning uchun ham Kreml Parij va Berlin sovuq qish oqibatlariga duch kelmaguncha diplomatik yechim izlamoqda: u yerda ijtimoiy tartibsizliklar yuzaga kelsa, hokimiyat tepasiga Amerika qo‘g‘irchoqlari emas, suverenitet tarafdorlari kelishiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Shu bois, Vladimir Putin “Shimoliy oqim-2” faoliyati va Yevropa Ittifoqini yoqilg‘i bilan ta’minlash uchun Turkiyada yangi gaz xabini yaratishga e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, OPEK+ning yaqinda qabul qilgan qarori Rossiya neft va gaz bozorlarini AQShga qaraganda ancha ishonchli nazorat qilayotganiga dalil bo‘ldi.
Bundan tashqari, o‘tgan hafta Rossiya yetakchisi Yaqin Sharq davlatlari rahbarlari: BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Al Nahayon, Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Tani va turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Bu uchrashuvlarda aytilgan bayonotlar nafaqat Kremlning energiya bozoridagi pozitsiyalari va Yaqin Sharq bilan yaqin aloqalari mustahkamligidan, balki bu mamlakatlar G‘arb bilan ehtimoliy muzokaralarni tayyorlashda vositachilik qilish imkoniyatidan ham dalolat beradi.
Ayni bosqichda Vashington hozircha bunga tayyor emasligi aniq. Va Oq uy pozitsiyasi o‘zgarishi uchun ikkita sharoit kerak: demokratlarning bo‘lajak saylovlarda mag‘lub bo‘lishi, Kiyevning esa jang maydonida mag‘lubiyatga uchrashidir.
Ushbu ikki shartni ham bajarishning imkoni bor.
Yangiliklar lentasi
0