https://oz.sputniknews.uz/20221018/dubay-shahzodasi-ov-qilish-uchun-ozbekistonga-keldi---foto-29218346.html
Dubay shahzodasi ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi - foto
Dubay shahzodasi ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi - foto
Sputnik O‘zbekiston
Dubay valiahd shahzodasi Shayx Hamdan ibn Muhammad al Maktum ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi. 18.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-18T11:59+0500
2022-10-18T11:59+0500
2022-10-18T11:59+0500
jamiyat
dubay
shahzoda
navoiy viloyati
markaziy qizilqum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29217467_0:236:1080:844_1920x0_80_0_0_39365a395b84c0bb1f385f71e7748fe8.jpg
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Ayni kunlarda Dubay shahzodasi Shayx Hamdan ibn Muhammad al Maktum Navoiy viloyati Qizilqum cho‘lida ov qilmoqda. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma’lum qiladi.Shayx Hamdan ibn Muhammad al Maktum uchun bu an’ana tusiga kirgan. U Navoiy shahridan 50 kilometrcha uzoqlikdagi cho‘l hududida joylashgan “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi”da an’anaviy tarzda ov qilib keladi. Xususan, u 2021-yil 6-7 oktabr kunlari ham O‘zbekistonga kelib, ov qilgandi.300 gektar yer maydonga ega ushbu markaz 2008-yilning aprel oyida BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad ibn Rashid al Maktum tashabbusi bilan tashkil qilingan.Ma’lumot uchun, “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan 2022-yilning mart oyida, 1600 bosh yo‘rg‘a tuvaloq yetishtirilib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan edi. Markaz 2019, 2020, 2021-yillarda ham ushbu "Qizil kitobga" kiritilgan qo‘shlarni yetishtirib tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborgan edi.Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum – Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982-yilda tug‘ilgan. U faol hayot tarzi bilan mashhur. Shahzoda parashutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport, ot sporti va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi.
dubay
navoiy viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29217467_0:135:1080:945_1920x0_80_0_0_9e2f2c56aee00f74b9b1afd873b39d24.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, dubay, shahzoda, navoiy viloyati, markaziy qizilqum
jamiyat, dubay, shahzoda, navoiy viloyati, markaziy qizilqum
Dubay shahzodasi ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi - foto
Dubay valiahd shahzodasi Shayx Hamdan ibn Muhammad al Maktum ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Ayni kunlarda Dubay shahzodasi Shayx Hamdan ibn Muhammad al Maktum Navoiy viloyati Qizilqum cho‘lida ov qilmoqda. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida
ma’lum qiladi. Shayx Hamdan ibn Muhammad al Maktum uchun bu an’ana tusiga kirgan. U Navoiy shahridan 50 kilometrcha uzoqlikdagi cho‘l hududida joylashgan “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi”da an’anaviy tarzda ov qilib keladi. Xususan, u 2021-yil 6-7 oktabr kunlari ham O‘zbekistonga kelib, ov
qilgandi.300 gektar yer maydonga ega ushbu markaz 2008-yilning aprel oyida BAA vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad ibn Rashid al Maktum tashabbusi bilan tashkil qilingan.
Ma’lumot uchun, “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan 2022-yilning mart oyida, 1600 bosh yo‘rg‘a tuvaloq yetishtirilib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan edi. Markaz 2019, 2020, 2021-yillarda ham ushbu "Qizil kitobga" kiritilgan qo‘shlarni yetishtirib tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborgan edi.
Hamdan ibn Muhammad Al-Maktum – Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Al-Maktum o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982-yilda tug‘ilgan. U faol hayot tarzi bilan mashhur. Shahzoda parashutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport, ot sporti va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi.