https://oz.sputniknews.uz/20221017/prezident-olimpiya-shaharchasida-sportni-rivojlantirish-vazirligini-joylashtirishni-taklif-qildi-29201263.html
Prezident Olimpiya shaharchasida Sportni rivojlantirish vazirligini joylashtirishni taklif qildi
Prezident Olimpiya shaharchasida Sportni rivojlantirish vazirligini joylashtirishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasini qurish bilan birga keyinchalik undan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. 17.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-17T15:17+0500
2022-10-17T15:17+0500
2022-10-17T15:19+0500
jamiyat
olimpiya shaharchasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/11/29199882_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_292539a0ff3e0d51a9ef356f3eea0db1.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Bu majmua 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Shunga muvofiq, xalqaro sport federatsiyalari talablariga javob beradigan olimpiya stadioni, yopiq va ochiq majmualar, suv sporti va eshkak eshish havzalari, mashg‘ulot joylari qurilishi loyihalashtirilgan.Bu galgi taqdimotda mazkur yirik loyihaning tashkiliy-moliyaviy jihatlari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar bu borada xorijiy kompaniyalarning takliflari, qurilish materiallari va sport jihozlarini yetkazib berish jadvallari haqida axborot berdi.Davlat rahbari Olimpiya shaharchasini qurish bilan birga keyinchalik undan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Prezident majmuani sifatli qurish, Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish kerakligini ta’kidladi. Yana bir muhim masala – keyinchalik bu shaharchadan qanday foydalanish.Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi rejashtirilgan. 160 gektarni egallaydigan mazkur shaharchada universal stadion, ochiq va yopiq sport majmualari, yotoqxona, mehmonxona, Chirchiq darosida eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Bu infratuzilma yirik musobaqalar o‘tkazish va bo‘lajak Olimpiya zaxiralari instituti uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi bo‘ladi.Qayd etish joizki, O‘zbekiston 2025-yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. O‘yinlarda qit’adagi 45 ta mamlakat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha bellashadi.
olimpiya shaharchasi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/11/29199882_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_39526740f5d716387240cadaf6bb884f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, olimpiya shaharchasi
jamiyat, olimpiya shaharchasi
Prezident Olimpiya shaharchasida Sportni rivojlantirish vazirligini joylashtirishni taklif qildi
15:17 17.10.2022 (yangilandi: 15:19 17.10.2022) Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasini qurish bilan birga keyinchalik undan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilish loyihalari taqdimoti bilan
tanishdi. Bu majmua 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Shunga muvofiq, xalqaro sport federatsiyalari talablariga javob beradigan olimpiya stadioni, yopiq va ochiq majmualar, suv sporti va eshkak eshish havzalari, mashg‘ulot joylari qurilishi loyihalashtirilgan.
Bu galgi taqdimotda mazkur yirik loyihaning tashkiliy-moliyaviy jihatlari ko‘rib chiqildi. Mutasaddilar bu borada xorijiy kompaniyalarning takliflari, qurilish materiallari va sport jihozlarini yetkazib berish jadvallari haqida axborot berdi.
Davlat rahbari Olimpiya shaharchasini qurish bilan birga keyinchalik undan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Prezident majmuani sifatli qurish, Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish kerakligini ta’kidladi. Yana bir muhim masala – keyinchalik bu shaharchadan qanday foydalanish.
“Shuning uchun musobaqadan so‘ng, bu yerni ham murabbiylar, ham sportchilarni tayyorlaydigan muassasaga aylantirish zarur. Ma’muriy binolarda Sportni rivojlantirish vazirligi va federatsiyalarni ham joylashtirish mumkin. Shunda bu yerda yaxlit sport muhiti bo‘ladi. Yoshlarimiz uchun sport inshootlari qurish bilan birga metodikani ham rivojlantirib borish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi qurilishi
rejashtirilgan. 160 gektarni egallaydigan mazkur shaharchada universal stadion, ochiq va yopiq sport majmualari, yotoqxona, mehmonxona, Chirchiq darosida eshkak eshish havzasi barpo etiladi. Bu infratuzilma yirik musobaqalar o‘tkazish va bo‘lajak Olimpiya zaxiralari instituti uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi bo‘ladi.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston 2025-yili yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan IV yozgi Osiyo o‘yinlariga
mezbonlik qiladi. O‘yinlarda qit’adagi 45 ta mamlakat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha bellashadi.