Og‘ir atletika: O‘zbekiston erkaklar jamoasi OChda umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

© NOK UzbekistanaTajeloatleti Uzbekistana
Tajeloatleti Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi Bahrayndagi og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 6 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Bahraynning Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi jami 6 ta oltin, 3 ta kumush va 10 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston erkaklar jamoasi qit’a birinchiligida umumjamoa hisobida birinchi bo‘lgan. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar musobaqada 6 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalga sazovor bo‘lishdi.
Qayd etish joizki, musobaqada jahon chempionatiga alohida tayyorlanayotgan ikki asosiy sportchi Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev ishtirok etmadi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi qizlar esa murosasiz bahslar davomida 1 ta kumush va 5 ta bronza medalni jamoaga taqdim etishdi.

Mavzuga oid:

Og‘ir atletika: Sharofiddin Amriddinov Olimpiada chempionidan oltin medalni tortib oldi
Og‘ir atletika: Tursunoy Jabborova OChda ikkita medalni qo‘lga kiritdi
Og‘ir atletikachi Doston Yoqubov OChda oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev mutlaq Osiyo chempioni bo‘ldi
Og‘ir atletika: Nigora Abdullayeva Osiyo chempionatida 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0