Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti 20-21 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-21 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Bu haqda Turkmaniston hukumati yig‘ilishi davomida ma’lum qilindi.
“Türkmenistan: Altyn asyr” davlat agentligi xabariga ko‘ra, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov mamlakat prezidentiga bo‘lajak tashrifga ko‘rilayotgan tayyorgarlik haqida ma’lumot bergan. Tashrif doirasida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov mutasaddilarga O‘zbekiston prezidentining mamlakatga bo‘lajak rasmiy tashrifini yuqorida darajada tashkillashtirish bo‘yicha topshiriq bergan.
Berdimuhamedovning so‘zlariga ko‘ra, oliy darajadagi navbatdagi muzokaralar strategik xususiyatga ega Turkmaniston-O‘zbekiston hamkorligining yanada rivojlanishiga yangi turtki bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 14-15 iyul kunlari Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lgan edi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangandi.
Yangiliklar lentasi
0