https://oz.sputniknews.uz/20221017/kasanachilikni-tashkil-etgan-tadbirkorlarga-subsidiya-beriladi-29207095.html
Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi
Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi
Sputnik O‘zbekiston
1 oktabrdan kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha oshirilgan edi. 17.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-17T21:26+0500
2022-10-17T21:26+0500
2022-10-17T21:26+0500
yangi qaror
kasanachilik
subsidiya
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363519_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_1d6d5f2be84a60a97e37d51d601c9334.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Endi tadbirkorlik subyektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi miqdorida subsidiya ajratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 14-oktabr kuni qabul qilingan 596-son qarorida belgilangan.Qarorga ko‘ra, tadbirkorlar kasanachilikni tashkil etganidan kamida 3 oy o‘tgandan so‘ng subsidiya olish uchun Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida:Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tadbirkorlik subyekti o‘rtasida ijtimoiy kontrakt tuziladi.Tuman (shahar) hokimliklari va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi bilan birgalikda kelgusi yil uchun joriy yilning 10-dekabriga qadar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasanachilik yo‘nalishida kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantiradi.Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari davlat buyurtmasi asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasbga o‘qitilgan fuqarolarning malakasini baholash choralarini ko‘radi va u bilan bog‘liq xarajatlarni har bir band bo‘lmagan shaxs uchun BHMning 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda qoplab beradi.Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-oktabrdan kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha) oshirilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363519_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_5e7492dbb1c230dc9812711400941ee9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi qaror, kasanachilik, subsidiya, iqtisod
yangi qaror, kasanachilik, subsidiya, iqtisod
Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi
1 oktabrdan kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha oshirilgan edi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Endi tadbirkorlik subyektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi miqdorida subsidiya ajratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 14-oktabr kuni qabul qilingan 596-son qarorida
belgilangan. Qarorga ko‘ra, tadbirkorlar kasanachilikni tashkil etganidan kamida 3 oy o‘tgandan so‘ng subsidiya olish uchun Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida:
talabgorga har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
tadbirkorlik subyektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi va tadbirkorlik subyekti o‘rtasida ijtimoiy kontrakt tuziladi.
Tuman (shahar) hokimliklari va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi bilan birgalikda kelgusi yil uchun joriy yilning 10-dekabriga qadar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasanachilik yo‘nalishida kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantiradi.
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari davlat buyurtmasi asosida nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasbga o‘qitilgan fuqarolarning malakasini baholash choralarini ko‘radi va u bilan bog‘liq xarajatlarni har bir band bo‘lmagan shaxs uchun BHMning 4 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda qoplab beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 1-oktabrdan kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha) oshirilgan edi.