Japarov Putindan Tojikiston bilan chegara masalasini hal qilishda yordam so‘radi

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS
Prezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi rahbari bu haqda o‘ylab ko‘rishga, hujjatlarni ko‘tarishga, tomonlar imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga va baho berishga va’da bergan.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan Tojikiston bilan chegarani delimitatsiya qilish masalasini hal qilishda yordam so‘radi. Bu haqda Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imanqulov ma’lum qildi.

“Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uch davlat rahbarlari chegara masalasi bo‘yicha ochiq muloqot qildi. Japarov Putindan bu masalani hal qilishda yordam berishni so‘radi, chunki buni o‘zimiz hal qilishimiz tobora qiyinlashib bormoqda”, - dedi Imanqulov.

Imanqulovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi rahbari bu haqda o‘ylab ko‘rishga, hujjatlarni ko‘tarishga, tomonlar imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga va baho berishga va’da bergan.

“Rossiyada chegaralar masalasini hal qilishga yordam beradigan arxiv hujjatlari va xaritalar bo‘lishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi Xavfsizlik kengashi kotibi.

O‘tgan hafta Ostona shahrida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlatlarning birinchi shaxslari Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalasini muhokama qildi.
Ma’lumot uchun, ikki davlat o‘rtasidagi aniqlanmagan hududlar vaqti-vaqti bilan to‘qnashuv zonasiga aylanadi. Tojik-qirg‘iz chegarasida oxirgi marta vaziyat 14-16 sentabr kunlari keskinlashgan.
25 sentabr kuni Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari vaziyatni tartibga solish bo‘yicha protokol imzoladi, unda ular chegaradagi mojarolarni tugatish, delimitatsiya va demarkatsiya jarayonini tezlashtirishga kelishib olindi. Shuningdek, hujjatga ko‘ra, tomonlar mojarolar tez-tez sodir bo‘ladigan joylarda to‘rtta chegara punktlarini o‘rnatishga kelishib oldi.
Yangiliklar lentasi
0