Farg‘onada o‘zbek futbolining 110-yillik yubileyi nishonlanadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbol. Uchebno-trenirovochniy sbor. Arxivnoe foto
Futbol. Uchebno-trenirovochniy sbor. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2022
Obuna bo‘lish
25 oktabr kuni o‘zbek futbolining taniqli yulduzlari, futbol faxriylari hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatidan iborat jamoa Farg‘onaga boradi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. 25-26 oktabr kunlari Farg‘onada o‘zbek futbolining 110-yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 25-oktabr kuni o‘zbek futbolining taniqli yulduzlari, futbol faxriylari hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatidan iborat jamoa Farg‘onaga boradi.
Shu kuni mehmonlar viloyat hokimi – viloyat Futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov bilan uchrashadi, Farg‘ona shahridagi “Futbol markazi”da bo‘lib o‘tadigan futbol festivalida ishtirok etadi.
Asosiy tadbirlar shu kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Soat 17:00 da muxlislar va mehmonlar e’tiboriga katta konsert dasturi namoyish etiladi.
So‘ngra O‘zbekiston va Farg‘ona viloyati faxriylar terma jamoalari Qirg‘iziston va Tojikiston faxriylar terma jamoalariga qarshi bir taymlik uchrashuvlarda maydonga chiqishadi.
Uchrashuvlar dasturi quyidagicha (bir taymdan iborat, 30 minutdan):
1-uchrashuv: O‘zbekiston-Qirg‘iziston;
2-uchrashuv: Farg‘ona viloyati-Tojikiston;
3-uchrashuv: O‘zbekiston-Tojikiston;
4-uchrashuv: Farg‘ona viloyati-Qirg‘iziston.
26 oktabr kuni mehmonlar viloyatdagi futbol faxriylari holidan xabar olishadi, Marg‘ilon shahridagi diqqatga sazovor joylarni ko‘zdan kechirishadi, kunning ikkinchi yarmida Qo‘qonga borishadi. Yaypandagi “O‘zbekiston” o‘yingohida Superliga doirasidagi Qo‘qon 1912 – So‘g‘diyona uchrashuvini tomosha qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0