https://oz.sputniknews.uz/20221016/ssv-yoshlarning-xavfli-xastaliklarga-chalinayotganining-sabablarini-aytdi-29171244.html
SSV yoshlarning xavfli xastaliklarga chalinayotganining sabablarini aytdi
SSV yoshlarning xavfli xastaliklarga chalinayotganining sabablarini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Sog‘liqni saqlash vazirligi yosh, jismonan baquvvat kishilarning ham infarkt, insult kabi xavfli xastaliklarga chalinayotganining bir qancha omillarini ma’lum qildi. 16.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-16T09:35+0500
2022-10-16T09:35+0500
2022-10-16T09:35+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
sog‘liqni saqlash vaziri
shifoxona
behzod musayev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27810138_0:301:3105:2047_1920x0_80_0_0_9145ad7691b21a359dba7dc9c798d5af.jpg
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. So‘nggi paytlarda O‘zbekistondagi shifoxonalariga infarkt, insult, tomirlarda tromblar hosil bo‘lishi kabi xavfli xastaliklar bilan murojaat qilayotgan yoki og‘ir ahvolda olib kelinayotgan fuqarolar orasida yosh, jismonan baquvvat, tog‘ni ursa talqon qiladigan qaddi-qomatga ega bemorlar ham uchramoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu bemorlar tana mushaklari massasi va quvvatini oshirish maqsadida bodibilding, kulturizm, fitnes kabi sport turlari bilan shug‘ullanish davomida kukun, tabletka hamda inyeksiya shaklidagi turli biologik faol, xususan, proteinli qo‘shimchalardan muntazam foydalanib kelgan.Hatto ular orasida haftasiga bir-ikki marotaba turli ko‘rinishdagi preparatlarni tizimli ravishda qo‘llaganlar ham uchrab turgan. Oqibatda qondagi gemoglobin, eritrotsit, trombotsitlar miqdori o‘zgarib, qon quyuqlashishi yuzaga kelgan. So‘ngra tomirlarda tromblar hosil bo‘lishi hisobiga yuqoridagi singari xavfli asoratlar paydo bo‘lgan.Tahlillarga ko‘ra, foydalanilayotgan bu singari steroid preparatlar va anabolik komplekslarning aksariyati tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va tibbiyot xodimlari nazoratisiz qabul qilingan.Vazirga ko‘ra, baquvvat bilak va mushaklar, chiroyli qomat uchun sog‘lom va o‘ktam yigitlarning o‘z hayotini xavf ostida qoldirishiga hech kim befarq bo‘lmasligi shart.“O‘z navbatida, sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, ayniqsa, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini xodimlari, oilaviy shifokor va hamshiralarning targ‘ibot va profilaktika dasturlaridan ana shu masalalar yanada qat’iy o‘rin olishi choralarini ko‘ramiz. Qolaversa, tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tmay realizatsiya qilinayotgan yuqoridagi singari preparatlar savdosi tegishli davlat organlari tomonidan qat’iy nazorat ostiga olinishi va davolash standartida ko‘zda tutilmagan dori-darmonlarning ishlatilishiga chek qo‘yish zarur, deb hisoblayman”, - deydi Behzod Musayev.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27810138_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_1bad95a62e66a22e3669b3a5cd94f2dd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), sog‘liqni saqlash vaziri, shifoxona, behzod musayev
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), sog‘liqni saqlash vaziri, shifoxona, behzod musayev
SSV yoshlarning xavfli xastaliklarga chalinayotganining sabablarini aytdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yosh, jismonan baquvvat kishilarning ham infarkt, insult kabi xavfli xastaliklarga chalinayotganining bir qancha omillarini ma’lum qildi.
TOShKENT, 16 okt - Sputnik. So‘nggi paytlarda O‘zbekistondagi shifoxonalariga infarkt, insult, tomirlarda tromblar hosil bo‘lishi kabi xavfli xastaliklar bilan murojaat qilayotgan yoki og‘ir ahvolda olib kelinayotgan fuqarolar orasida yosh, jismonan baquvvat, tog‘ni ursa talqon qiladigan qaddi-qomatga ega bemorlar ham
uchramoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu bemorlar tana mushaklari massasi va quvvatini oshirish maqsadida bodibilding, kulturizm, fitnes kabi sport turlari bilan shug‘ullanish davomida kukun, tabletka hamda inyeksiya shaklidagi turli biologik faol, xususan, proteinli qo‘shimchalardan muntazam foydalanib kelgan.
Hatto ular orasida haftasiga bir-ikki marotaba turli ko‘rinishdagi preparatlarni tizimli ravishda qo‘llaganlar ham uchrab turgan. Oqibatda qondagi gemoglobin, eritrotsit, trombotsitlar miqdori o‘zgarib, qon quyuqlashishi yuzaga kelgan. So‘ngra tomirlarda tromblar hosil bo‘lishi hisobiga yuqoridagi singari xavfli asoratlar paydo bo‘lgan.
Tahlillarga ko‘ra, foydalanilayotgan bu singari steroid preparatlar va anabolik komplekslarning aksariyati tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tmagan va tibbiyot xodimlari nazoratisiz qabul qilingan.
“Yoshlarimiz sport bilan shug‘ullanayotgani, albatta, quvonarli holat. Ammo uni sog‘lik uchun ziyon yetkazadigan mashg‘ulotga aylantirib qo‘ymasligimiz kerak. Afsuski, bugun ayrim yoshlarimiz bilak va mushaklarim yana ham baquvvat, qomatim kelishgan bo‘lsin, deb, mutaxassislar bilan maslahatlashmay, palapartish, nazoratsiz turli zararli vositalar, oqsil va gormonlarni qabul qilayotgani juda achinarli. Bu sog‘lom turmush tarziga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Shunday ekan, yoshlar, ota-onalar va jamiyat faollari, sog‘lom turmush targ‘ibotchilari, tibbiyot xodimlarini bu borada yanada hushor va e’tiborli bo‘lishga chaqiramiz”, - deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev.
Vazirga ko‘ra, baquvvat bilak va mushaklar, chiroyli qomat uchun sog‘lom va o‘ktam yigitlarning o‘z hayotini xavf ostida qoldirishiga hech kim befarq bo‘lmasligi shart.
“O‘z navbatida, sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, ayniqsa, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini xodimlari, oilaviy shifokor va hamshiralarning targ‘ibot va profilaktika dasturlaridan ana shu masalalar yanada qat’iy o‘rin olishi choralarini ko‘ramiz. Qolaversa, tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tmay realizatsiya qilinayotgan yuqoridagi singari preparatlar savdosi tegishli davlat organlari tomonidan qat’iy nazorat ostiga olinishi va davolash standartida ko‘zda tutilmagan dori-darmonlarning ishlatilishiga chek qo‘yish zarur, deb hisoblayman”, - deydi Behzod Musayev.