Sharifa Davronova Osiyo chempionatida yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sharifa Davronova Osiyo chempionatida yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
Davronova Kuvaytda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida uch hatlab sakrash dasturida oltin medalga ega... 16.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Kuvaytda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Sharifa Davronova yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.Davronova qit’a birinchiligida uch hatlab sakrash dasturida tengsiz bo‘lgan. Sportchiga bu galgi chempionlikni rasmiylashtirish uchun 13,23 metr yetarli bo‘ldi.Mazkur dasturda ishtirok etgan boshqa bir o‘zbekistonlik sportchi Xushnoza Shavkatova esa 12,23 metr bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.Avvalroq 15 yoshli Sharifa Davronova uzunlikka sakrashda 6,06 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Davronova Kuvaytda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida uch hatlab sakrash dasturida oltin medalga ega chiqdi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Kuvaytda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Sharifa Davronova yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Davronova qit’a birinchiligida uch hatlab sakrash dasturida tengsiz bo‘lgan. Sportchiga bu galgi chempionlikni rasmiylashtirish uchun 13,23 metr yetarli bo‘ldi.
Mazkur dasturda ishtirok etgan boshqa bir o‘zbekistonlik sportchi Xushnoza Shavkatova esa 12,23 metr bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.