Oq uy Abbosning Putin bilan uchrashuvdagi so‘zlaridan g‘azablandi – OAV

© Sputnik / Vladimir FedorenkoBeliy Dom v Vashingtone
Beliy Dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2022
Obuna bo‘lish
“Axios” agentliga ko‘ra, Amerika yetakchisi Jo Bayden ma’muriyatidagi amaldorlar o‘z noroziligini Falastin prezidenti maslahatchilari e’tiboriga havola qilgan.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Falastin rahbari Mahmud Abbosning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbat chog‘ida AQShga ishonch yo‘qolgani haqidagi bayonotidan “hafsalasi pir bo‘ldi”. Bu haqda RIA Novosti “Axios” agentliga tayanib, xabar berdi.
“Oq uy Falastin prezidenti Mahmud Abbosning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Bayden ma’muriyatiga ishonchini yo‘qotganini aytganidan so‘ng hafsalasi pir bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Abbos Ostonada Putin bilan uchrashuvi chog‘ida AQShning Falastin va Isroil o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qila olmasligiga ham ishora qilgan.
Aytilishicha, Falastin rahbarining so‘zlari Bayden ma’muriyatini g‘azablantirgan va bu haqda Abbosning maslahatchisiga xabar bergan.
Shu bilan birga, Vashington Rossiya prezidenti Falastin va Isroil o‘rtasidagi mojaroni hal qilish uchun zarur bo‘lgan hamkor emas, deb hisoblaydi.
Putin va Abbos o‘rtasidagi muzokaralar 13-oktabr kuni Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat rahbarlari iqtisodiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Shu bilan birga, Putin Falastin-Isroil kelishuvi bo‘yicha Rossiya pozitsiyasining prinsipial ekanligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0