https://oz.sputniknews.uz/20221016/mask-ukrainadagi-vaziyatni-yumshatishga-hissa-qosha-olmayotganini-aytdi-29174613.html
Mask Ukrainadagi vaziyatni yumshatishga hissa qo‘sha olmayotganini aytdi
Mask Ukrainadagi vaziyatni yumshatishga hissa qo‘sha olmayotganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
SpaceX rahbari Ukrainadagi vaziyatni yumshatishga bor kuchi bilan harakat qilayotganini, ammo natijaga erisha olmayotganini yozib qoldirdi. 16.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-16T12:23+0500
2022-10-16T12:23+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
ilon mask
ukraina
vladimir zelenskiy
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/621/05/6210543_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_547f137895e312103908325a63b991e2.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask kecha, 15-oktabr kuni Ukraina atrofidagi vaziyatdagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan barcha urinishlari behuda ekanini aytdi.“Vaziyatni yumshatish uchun bor kuchim bilan harakat qilyapman, lekin aftidan, muvaffaqiyatga erishmadim”, - deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.3 oktabr kuni Mask Ukrainadagi tinchlik sharoitlari haqidagi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi qadam sifatida u yaqinda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlarda BMT nazorati ostida referendumlar o‘tkazishni taklif qildi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Qrim rasman Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiradi, Ukraina esa neytral maqomini e’lon qilishi mumkin.Shundan so‘ng, shu hafta Ukrainaning Germaniyadagi elchisi lavozimini tark etayotgan Andrey Melnik ingliz tilida behayo so‘z ishlatib, unga “ortga chekinishni” maslahat berdi.Avvalroq, Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi Ukrainada ishlamay qolishi mumkinligini aytgan edi. Unga ko‘ra, SpaceX tizimning Ukrainadagi ishlashini endi u o‘z yonidan to‘lay olmaydi.Ma’lumot uchun, yaqinda Starlinkishlamay qolganligi sababli Ukraina Qurolli Kuchlari ko‘r-ko‘rona buyruq berishga majbur bo‘lgan edi. Bu esa hujumlarning muvaffaqiyatsizligi va katta yo‘qotishlarga olib keldi.Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/621/05/6210543_166:0:1066:675_1920x0_80_0_0_0fb5222419e9b7d47ea409eeb6454aa4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ilon mask, ukraina, vladimir zelenskiy, rossiya
dunyoda, ilon mask, ukraina, vladimir zelenskiy, rossiya
Mask Ukrainadagi vaziyatni yumshatishga hissa qo‘sha olmayotganini aytdi
12:23 16.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) SpaceX rahbari Ukrainadagi vaziyatni yumshatishga bor kuchi bilan harakat qilayotganini, ammo natijaga erisha olmayotganini yozib qoldirdi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask kecha, 15-oktabr kuni Ukraina atrofidagi vaziyatdagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan barcha urinishlari behuda ekanini
aytdi. “Vaziyatni yumshatish uchun bor kuchim bilan harakat qilyapman, lekin aftidan, muvaffaqiyatga erishmadim”, - deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
3 oktabr kuni Mask Ukrainadagi tinchlik sharoitlari haqidagi o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi qadam sifatida u yaqinda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlarda BMT nazorati ostida referendumlar o‘tkazishni taklif qildi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Qrim rasman Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiradi, Ukraina esa neytral maqomini e’lon qilishi mumkin.
Shundan so‘ng, shu hafta Ukrainaning Germaniyadagi elchisi lavozimini tark etayotgan Andrey Melnik ingliz tilida behayo so‘z ishlatib, unga “ortga chekinishni” maslahat berdi.
Avvalroq, Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi Ukrainada ishlamay qolishi mumkinligini aytgan edi. Unga ko‘ra, SpaceX tizimning Ukrainadagi ishlashini endi u o‘z yonidan to‘lay olmaydi.
Ma’lumot uchun, yaqinda Starlinkishlamay qolganligi sababli Ukraina Qurolli Kuchlari ko‘r-ko‘rona buyruq berishga majbur bo‘lgan edi. Bu esa hujumlarning muvaffaqiyatsizligi va katta yo‘qotishlarga olib keldi.
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.