Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari tasdiqlandi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2022
Obuna bo‘lish
Nizom kasbiy faoliyatga oid, xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalarini tartibga soladi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Hukumatning tegishli qarori bilan Davlat fuqarolik xizmatchilari namunaviy qoidalari hamda Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan kasbiy faoliyatga oid, xizmat faoliyatiga oid hamda xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari tartibga solinadi.
Namunaviy qoidalarga muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:
davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish;
mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;
murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish va hokazo.
Davlat organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlar joriy yilning 25-oktabr sanasiga qadar o‘z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda odob-axloq qoidalarini tasdiqlaydi.
Yangiliklar lentasi
0