https://oz.sputniknews.uz/20221015/turkiyada-kon-portladi-28-kishi-qurbon-bolgan-29151595.html
Turkiyada kon portladi: 28 kishi qurbon bo‘lgan
Turkiyada kon portladi: 28 kishi qurbon bo‘lgan
Sputnik O‘zbekiston
Turkiyaning Bartin viloyatidagi konda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda taxminan 28 nafar konchi halok bo‘lgan. 15.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-15T11:22+0500
2022-10-15T11:22+0500
2022-10-15T11:22+0500
hodisalar
turkiya
portlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0f/29151232_0:151:1600:1051_1920x0_80_0_0_cbd8165d383f58b79878ee385ad7bc7a.jpg
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra shahrida joylashgan konda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda taxminan 28 nafar konchi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar berdi mahalliy nashrlar.Avvalroq, vazir Bartindagi qurbonlar soni 25 kishiga yetganini, 11 yarador davolanayotgani haqida aytgandi. Unga ko‘ra, jarohatlanganlardan 1 nafarining ahvoli og‘ir, yaradorlardan 4 nafari reanimatsiyaga yotqizilgan. 6 nafar konchi tez yordam mashinasida Istanbul shahar shifoxonasining kuyish markaziga yetkazilgan.Voqea Amasra hududidagi ko‘mir konida 300 metr chuqurlikda sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda konda 115 kishi ishlayotgan bo‘lgan. Ulardan bir qismi evakuatsiya qilingan. Bartin gubernatori Nurtoj Arslan qutqaruvchilar 14 nafar konchini qutqarishga muvaffaq bo‘lganini, kamida 49 kishi hali ham yer ostida qolib ketayotganini ma’lum qilgan.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0f/29151232_0:0:1600:1200_1920x0_80_0_0_95d1543c9cc7f216dbfb0b6fbfc35c84.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , turkiya, portlash
hodisalar , turkiya, portlash
Turkiyada kon portladi: 28 kishi qurbon bo‘lgan
Turkiyaning Bartin viloyatidagi konda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda taxminan 28 nafar konchi halok bo‘lgan.
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra shahrida joylashgan konda portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda taxminan 28 nafar konchi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar berdi
mahalliy nashrlar. Avvalroq, vazir Bartindagi qurbonlar soni 25 kishiga yetganini, 11 yarador davolanayotgani haqida aytgandi. Unga ko‘ra, jarohatlanganlardan 1 nafarining ahvoli og‘ir, yaradorlardan 4 nafari reanimatsiyaga yotqizilgan. 6 nafar konchi tez yordam mashinasida Istanbul shahar shifoxonasining kuyish markaziga yetkazilgan.
“Turkiyadagi ko‘mir konida yuz bergan portlash qurbonlari soni 28 kishiga yetdi”, - deyiladi uning navbatdagi murojaatida.
Voqea Amasra hududidagi ko‘mir konida 300 metr chuqurlikda sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda konda 115 kishi ishlayotgan bo‘lgan. Ulardan bir qismi evakuatsiya qilingan. Bartin gubernatori Nurtoj Arslan qutqaruvchilar 14 nafar konchini qutqarishga muvaffaq bo‘lganini, kamida 49 kishi hali ham yer ostida qolib ketayotganini ma’lum qilgan.