Toshkentda yugurish marafoni o‘tkazilishi sababli qator ko‘chalar yopiladi

Uchastniki zabega - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2022
Obuna bo‘lish
16 oktabr kuni poytaxtda Tashkent Global Forum tashkiloti boshchiligida 3 kmga yugurish - Business Run marafoni o‘tkaziladi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Ertaga, 16-oktabr kuni Toshkent shahridagi qator ko‘chalar yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ertaga Tashkent Global Forum tashkiloti boshchiligida 3 kmga yugurish - Business Run marafoni o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan soat 06:00 dan soat 11:00 gacha bir nechta ko‘chalar yopiladi.
Ushbu ko‘chalar:
Islom Karimov ko‘chasidan — Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
Afrosiyob ko‘chasidan — Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov ko‘chasigacha;
Sharof Rashidov ko‘chasidan — Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob ko‘chasigacha.
© Toshkent shahar IIBBToshkentda yugurish marafoni o‘tkazilishi sababli qator ko‘chalar yopiladi
Toshkentda yugurish marafoni o‘tkazilishi sababli qator ko‘chalar yopiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2022
Toshkentda yugurish marafoni o‘tkazilishi sababli qator ko‘chalar yopiladi
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Yangiliklar lentasi
0