https://oz.sputniknews.uz/20221015/shavkat-mirziyoev-erdoganga-hamdardlik-bildirdi-29169100.html
Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Bugun tongda Turkiya shimolidagi konlardan birida portlash oqibatida 40 kishi qurbon bo‘lgan edi. 15.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-15T18:37+0500
2022-10-15T18:37+0500
2022-10-15T18:37+0500
dunyoda
o‘zbekiston
turkiya
shavkat mirziyoyev
rejep tayyip erdog‘an
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0f/29169252_19:0:1263:700_1920x0_80_0_0_1eba4a38580591c965f7a072125011e0.jpg
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya konida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat munosabati bilan Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi."Przident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Bartin provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi. Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olgan konchilar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi", - deyilgan O‘zbekiston TIV xabarida. Eslatib o‘tamiz, 15-oktabr erta tongda Turkiya shimolidagi konlardan birida portlash sodir bo‘lgan va yer ostida taxminan 150 kishi qolib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Keyinchalik qurbon soni e’lon qilindi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida 40 kishi qurbon bo‘lgan.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0f/29169252_174:0:1107:700_1920x0_80_0_0_30e4ee83c556ae0443be337466be27ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, o‘zbekiston, turkiya, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an
dunyoda, o‘zbekiston, turkiya, shavkat mirziyoyev, rejep tayyip erdog‘an
Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi
Bugun tongda Turkiya shimolidagi konlardan birida portlash oqibatida 40 kishi qurbon bo‘lgan edi.
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya konida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat munosabati bilan Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi.
"Przident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Bartin provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olgan konchilar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi", - deyilgan O‘zbekiston TIV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 15-oktabr erta tongda Turkiya shimolidagi konlardan birida portlash sodir bo‘lgan va yer ostida taxminan 150 kishi qolib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Keyinchalik qurbon soni e’lon qilindi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida 40 kishi qurbon bo‘lgan.