https://oz.sputniknews.uz/20221015/samarqandda-42-ta-tashkilot-shahar-tashqarisiga-kochiriladi-29150641.html
Samarqandda 42 ta tashkilot shahar tashqarisiga ko‘chiriladi
Samarqandda 42 ta tashkilot shahar tashqarisiga ko‘chiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov “Millionli shahar” loyihasi asosida amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berdi. 15.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-15T10:41+0500
2022-10-15T10:41+0500
2022-10-15T10:41+0500
jamiyat
samarqand
shahar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28102208_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7a30009fd7902d20da4090698dbb413f.jpg
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. “Millionli shahar” loyihasi doirasida Samarqanddagi 42 ta davlat tashkiloti shahar tashqarisiga ko‘chiriladi. Bu haqda shahar hokimi Fazliddin Umarov ma’lum qildi. Qayd etilishicha, viloyat ma’muriy markazini Gulobod qo‘rg‘oniga ko‘chirish va boshqa tadbirlar ko‘zlangan bosh reja hamda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilmoqda.Samarqand shahrida 178 ta davlat tashkiloti joylashgan. Shaharni “Millionli shahar”ga aylantirishda shaharsozlikning “aqlli shahar” konsepsiyasi asosida tashkil etish, zamonaviy IT-parklarda tizimlashgan texnologik jarayonlarni amalga oshirish, “ekologik toza shahar”ga aylantirish va “xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi yo‘lga qo‘yiladi.Buning uchun dastlab 42 ta davlat tashkiloti shahar atrofiga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 6 ta aholi turar maskanlariga tutash joylarda kichik sanoat zonalari va ishlab chiqarish obyektlari barpo etish ham ayni shu maqsadga qaratilgan.Loyiha doirasida 7 ta markaziy chorrahalarda muayan vaqtlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish uchun yo‘l o‘tkazgichlar barpo etish taklifi ishlab chiqilyapti.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0e/28102208_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b4fa0bc16daecafb758de6b779e2ea46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, samarqand, shahar
jamiyat, samarqand, shahar
Samarqandda 42 ta tashkilot shahar tashqarisiga ko‘chiriladi
Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov “Millionli shahar” loyihasi asosida amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. “Millionli shahar” loyihasi doirasida Samarqanddagi 42 ta davlat tashkiloti shahar tashqarisiga ko‘chiriladi. Bu haqda shahar hokimi Fazliddin Umarov
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, viloyat ma’muriy markazini Gulobod qo‘rg‘oniga ko‘chirish va boshqa tadbirlar ko‘zlangan bosh reja hamda batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Samarqand shahrida 178 ta davlat tashkiloti joylashgan. Shaharni “Millionli shahar”ga aylantirishda shaharsozlikning “aqlli shahar” konsepsiyasi asosida tashkil etish, zamonaviy IT-parklarda tizimlashgan texnologik jarayonlarni amalga oshirish, “ekologik toza shahar”ga aylantirish va “xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Buning uchun dastlab 42 ta davlat tashkiloti shahar atrofiga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 6 ta aholi turar maskanlariga tutash joylarda kichik sanoat zonalari va ishlab chiqarish obyektlari barpo etish ham ayni shu maqsadga qaratilgan.
Loyiha doirasida 7 ta markaziy chorrahalarda muayan vaqtlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish uchun yo‘l o‘tkazgichlar barpo etish taklifi ishlab chiqilyapti.