G‘arb Qrim ko‘prigiga hujum bilan xavfli chiziqni kesib o‘tdi – Rossiya TIV

© © RIA Novosti / Konstantin MixalchevskiyPereyti v mediabankVertolet tushit pojar na Krimskom mostu
Vertolet tushit pojar na Krimskom mostu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grushko: G‘arb Qrim ko‘prigi va “Shimoliy oqim”ga hujumlar bilan xavfli chiziqni kesib o‘tdi.
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. G‘arb “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim 2” quvurlaridagi voqealar, shuningdek, Qrim ko‘prigidagi terakt tufayli xavfli chiziqni kesib o‘tdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko.
Grushkoning eslatishicha, NATO mamlakatlari doktrinalariga ko‘ra, raqibning muhim infratuzilmaga yetkazilgan zarar qurolli kuchlar yordamida “an’anaviy javob berishni nazarda tutuvchi qurolli hujum akti sifatida qabul qilinadi”.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakilining ishonchi komilki, hujumlarni uyushtirganlar nimaga kirishayotganini bilishgan. Qolaversa, ular buni yanada avj olish maqsadida ataylab qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni ertalab Qrim ko‘prigida portlash sodir bo‘ldi va bir necha sisterna yonib ketdi. To‘rt kishi halok bo‘ldi. 12-oktabr kuni FSB Qrim ko‘prigida teraktni Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov uyushtirganini e’lon qildi.
“Shimoliy oqim”dagi sabotaj esa 2022-yil 26-sentabrga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. “ Quvurning Daniyaning Bornholm oroli yaqnidan o‘tgan qismida “Shimoliy oqim” va "Shimoliy oqim-2"ning 3ta quvuri portlatib yuborildi. Ayni damda ushbu zarar uchun tovon puli 17 milliard yevroga baholangan.
Yangiliklar lentasi
0