https://oz.sputniknews.uz/20221015/engil-atletika-ochda-ozbekiston-terma-jamoasi-yana-ikkita-oltin-medalni-qolga-kiritdi-29152155.html
Yengil atletika: OChda O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi
Yengil atletika: OChda O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
Quvaytda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi yana 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. 15.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-15T12:05+0500
2022-10-15T12:05+0500
2022-10-15T12:05+0500
sport
chempion
yengil atletika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0f/29151984_117:0:1164:589_1920x0_80_0_0_303703f1bb898c4d5decdb3a27fbee5e.jpg
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Quvaytda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi yana 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, bu gal jamoa hisobiga ko‘pkurashchi Nodir Norboyev hamda balandlikka sakrash bahsida Barnoxon Sayfullayeva oltin medallarni yozib qo‘yishgan.Ikki kun davom etgan bellashuvlarda Nodir Norboyev 6934 ochko bilan eng yaxshi natijani qayd etgan. Ikkinchi o‘rinni Eron vakili Sina Afshinar (6417) egallagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni vakili Sajjad Al Alxazoli (5674) kuchli uchlikni yakunlab bergan.Avvalroq, Quvaytda o‘tkazilayotgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Sharifa Davronova oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0f/29151984_248:0:1033:589_1920x0_80_0_0_e44c630651c5831987501fce89d7f5bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, chempion, yengil atletika
sport, chempion, yengil atletika
Yengil atletika: OChda O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi
Quvaytda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi yana 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 15 okt - Sputnik. Quvaytda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi yana 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, bu gal jamoa hisobiga ko‘pkurashchi Nodir Norboyev hamda balandlikka sakrash bahsida Barnoxon Sayfullayeva oltin medallarni yozib qo‘yishgan.
Ikki kun davom etgan bellashuvlarda Nodir Norboyev 6934 ochko bilan eng yaxshi natijani qayd etgan. Ikkinchi o‘rinni Eron vakili Sina Afshinar (6417) egallagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni vakili Sajjad Al Alxazoli (5674) kuchli uchlikni yakunlab bergan.
“Barnoxon Sayfullayeva esa O‘zbekistonda balandlikka sakrash dasturida kuchli maktab shakllanganini yana bir bor ko‘rsatdi. 1.84 metrga sakragan hamurtimiz eng yaqin ta’qibchilari qozog‘istonlik Alina Chistakova hamda vetnamlik An Bu Tini 11 smga ortda qoldirishga erishdi.”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq, Quvaytda o‘tkazilayotgan 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Sharifa Davronova oltin medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.