https://oz.sputniknews.uz/20221015/chusovitina-2022-yilgi-jahon-chempionatida-ishtirok-etishdan-bosh-tortdi-29152300.html
Chusovitina nima uchun 2022-yilgi jahon chempionatida ishtirok etmasligini aytdi
Chusovitina nima uchun 2022-yilgi jahon chempionatida ishtirok etmasligini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina 29-oktabr kuni Angliyaning Liverpul shahrida start oladigan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi. 15.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-15T12:37+0500
2022-10-15T12:37+0500
2022-10-15T18:07+0500
sport
chusovitina
chempionat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/19/19820105_0:85:1620:996_1920x0_80_0_0_50fd0b7da8ace62257c7141d863107bf.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. 1992-yilgi Olimpiada chempioni Oksana Chusovitina 29-oktabr kuni Liverpulda boshlanadigan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Bu haqda uning o‘zi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.Taniqli gimnastikachining so‘zlariga ko‘ra, u Olimpiya o‘yinlariga saralanadigan bo‘lajak mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun shunday qarorga kelgan.Shuningdek, Chusovitina bu yilgi jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini ikki nafar sportchi himoya qilishini qo‘shimcha qildi.Mart oyida Chusovitina Dohada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida tayanch sakrash bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. May oyida u tayanch sakrash bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi va shundan so‘ng 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishga qaror qildi.Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina ketma-ket sakkiz marta (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) Yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan dunyodagi yagona gimnastikachi sifatida “Ginnesning rekordlari” kitobiga kirgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/19/19820105_90:0:1530:1080_1920x0_80_0_0_7e32e4367a033566eff336aed4d3e84c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, chusovitina, chempionat
sport, chusovitina, chempionat
Chusovitina nima uchun 2022-yilgi jahon chempionatida ishtirok etmasligini aytdi
12:37 15.10.2022 (yangilandi: 18:07 15.10.2022) Oksana Chusovitina 29-oktabr kuni Angliyaning Liverpul shahrida start oladigan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. 1992 yilgi Olimpiada chempioni Oksana Chusovitina 29-oktabr kuni Liverpulda boshlanadigan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Bu haqda uning o‘zi
Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Taniqli gimnastikachining so‘zlariga ko‘ra, u Olimpiya o‘yinlariga saralanadigan bo‘lajak mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun shunday qarorga kelgan.
“Men bu jahon chempionatiga bormayman, bu men uchun kelasi yil va 2024-yilgidek muhim emas. Shuning uchun ham bor e’tiborimni 2023-2024 yillarga qaratmoqchiman”, - dedi Olimpiada chempioni.
Shuningdek, Chusovitina bu yilgi jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini ikki nafar sportchi himoya qilishini qo‘shimcha qildi.
“Ushbu jahon chempionatida ikki nafar sportchimiz qatnashadi, ular mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Shuning uchun men yaxshisi kelasi yilgi chempionatga tayyorgarlik ko‘raman”, - dedi Chusovitina.
Mart oyida Chusovitina Dohada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida tayanch sakrash bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. May oyida u tayanch sakrash bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi va shundan so‘ng 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina ketma-ket sakkiz marta (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) Yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan dunyodagi yagona gimnastikachi sifatida “Ginnesning rekordlari” kitobiga kirgan.