Zaporojye AES Amerika yoqilg‘isidan voz kechadi

© Sputnik / Aleksey StefanovPoseshenie ZAES missiyey MAGATE
Poseshenie ZAES missiyey MAGATE - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Rogovning so‘zlariga ko‘ra, Amerika yoqilg‘isi na qoidalar va na yexnik talablarga javob beradi. U xavfli.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. “Biz Rossiya bilan birgamiz” harakati raisi Vladimir Rogovning aytishicha, Zaporojye atom elektr stansiyasi Amerika yoqilg‘isidan voz kechib, Rossiyanikidan foydalanishga o‘tadi. Bu haqda u RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Gap yadro yoqilg‘isi bo‘lgan yonilg‘i elementi (TVEL) haqida bormoqda. AES energetika bloklari qayta ishga tushirilgach, ularning ishida faqat Rossiya yoqilg‘isi ishlatiladi”, - degan Rogov.
Uning ta’kidlashicha, energobloklarni ishlatishda Ukraina hukumati qarori bilan AQShdan kelgan kompaniya yoqilg‘isi ishlatilgan, bu qoidalar va texnik talablarga javob bermagan hamda katta xavf tug‘dirgan.
“Kiyev o‘z vaqtida Rossiya yoqilg‘isidan voz kechib, uni past navli Amerika yoqilg‘isi bilan almashtirish bo‘yicha noto‘g‘ri siyosiy qaror qabul qilgan”, - dedi “Biz Rossiya bilanmiz” harakati raisi.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar yonida joylashgan. Bu bloklar soni bo‘yicha eng katta va Yevropadagi eng kuchli atom elektr stansiyasidir. Mart oyidan beri AES rossiyalik harbiylar tomonidan qo‘riqlanadi. Rossiya TIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur. Ukraina harbiylari Energodar, uning atrofidagi qishloqlar va shaharga tutash Zaporojye AES hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0