Stoltenberg NATOning yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqida gapirdi

© WAKIL KOHSAR / AFPGeneralniy sekretar NATO Yens Stoltenberg
Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergga ko‘ra, tashkilot ayni vaqtda yadro qurolidan foydalanish uchun sabab ko‘rmayapti.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) yadro qurolidan foydalanishi mumkin bo‘lgan sharoitlar hali juda uzoqda. Bu haqda kecha, 13-oktabr kuni alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg Brusselda NATO mudofaa vazirlarining ikki kunlik yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“NATO yadro qurolini qo‘llashga majbur bo‘lishi mumkin bo‘lgan sharoitlar nihoyatda uzoqligicha qolmoqda. Bu tashkilotning pozitsiyasidir va u har qanday mumkin bo‘lgan yadro qurolidan foydalanish bo‘yicha NATOning pozitsiyasi bo‘lib qoladi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
12-13 oktabr kunlari Brusselda alyans mamlakatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Stoltenberg NATO Rossiya yadro qurolidan foydalanish niyatida ekanligini anglatadigan hech qanday alomatni ko‘rmayotganini, biroq uni diqqat bilan kuzatishda davom etayotganini ma’lum qilgandi.
Sentabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolariga qilgan murojaatida G‘arb o‘zining Rossiyaga qarshi siyosatida barcha chegaralarni kesib o‘tganini, shuningdek, Rossiyaga qarshi doimiy tahdidlarni aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy shantaj ham qo‘llanilgan va NATO davlatlarining yuqori martabali vakillari Rossiyaga qarshi ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash imkoniyati hamda joizligi haqida gapirmoqda.
Rossiya faqat quyidagi hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin:
Rossiyaga qarshi raketa hujumi amalga oshirilsa;
mamlakat yoki uning ittifoqchilariga qarshi har qanday yadroviy quroldan foydalanilsa;
muhim infratuzilmaga hujum qilinsa, buning oqibatida Rossiyaning yadroviy quroli nosozlikka uchrasa;
tahdid ostida bo‘lgan Rossiya yoki uning ittifoqchilariga qarshi tajovuzkorlik harakati bo‘lganda.
Yangiliklar lentasi
0