Rossiya va Turkiya gaz xabi bo‘yicha muzokaralarni qachon boshlashi aytildi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyGazoprovod "Severniy potok"
Gazoprovod Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
Aytilishicha, muzokaralar keyingi haftadan boshlanadi, joy yaqin kunlarda aniqlanadi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Rossiya va Turkiya vakillari o‘rtasida gaz xabini yaratish bo‘yicha muzokaralar kelasi hafta boshlanadi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Anqaradagi diplomatik manba ma’lum qildi.
“Ikki davlat rahbarlari tegishli idoralarga munozaralarni juda tez boshlash, bu g‘oya imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi. Muzokaralarni keyingi haftadan boshlaymiz, joy yaqin kunlarda aniqlanadi”, dedi manba.
Ushbu muloqotlar natijalariga ko‘ra, jarayonni shaxsan nazorat qiluvchi ikki davlat prezidentlari batafsil hisobot oladi.
“Bu borada yetakchilarning telefon diplomatiyasi davom etishi kutilmoqda”, deya xulosa qildi manba.
11 oktabr kuni Vladimir Putin Moskvada bo‘lib o‘tgan energetika forumida Turkiyada gaz xabi yaratish taklifini bildirgan edi. Uning ta’kidlashicha, bunday qaror iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, shu bilan birga uning xavfsizlik darajasi ancha yuqori.
Bir kun avval turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashuvda Putin gaz xabi yaratilishi bilan narxlarni “hech qanday siyosiy ohanglarsiz oddiy, bozor darajasida” xotirjamlik bilan tartibga solish mumkinligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0