Polshada yadro quroli joylashtirilishiga qarshi javob choralari ko‘riladi – Belarus TIV

© Sputnik/Viktor TolochkoGlava MID Belarusi Vladimir Makey
Glava MID Belarusi Vladimir Makey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
Makeyning fikricha, qo‘shni davlatlar bilan nizolar doimo muloqot ruhida hal qilinishi kerak.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Minsk Polshaning yadro qurolini joylashtirishiga qarshi qat’iy javob choralarini ko‘rishi mumkin. Bu haqda Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey ma’lum qildi.
“Agar haqiqatdan ham qo‘shni mamlakatlarimiz hududida yadro quroli joylashtirilgan bo‘lsa, unda qattiqroq qadamlar qo‘yilishi mumkin”, dedi Makey.
“Qattiqroq qadamlar” yadro qurolini joylashtirishni anglatadimi, degan savolga Makey “bugun hech kim hech narsani istisno eta olmaydi, shuning uchun men rahbarlarimiz bunday variantlarni ham muhokama qilganiga aminman”, deya javob berdi.
Makeyning fikricha, qo‘shni davlatlar bilan nizolar doimo muloqot ruhida, muloqot uchun zarur kanallarni topib hal qilinishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga hech kim quloq solmaydi.
“Biz qo‘shni davlatlar siyosatchilarining Belarus bilan normal munosabatlarni rivojlantirishga tayyor emasligini ko‘rapmiz. Mening tushunishimcha, bu qo‘shni davlatlar siyosiy tuzumining uzoqni ko‘ra olmasligidan dalolatdir”, deya qo‘shimcha qildi Belarustashqi ishlar vaziri.
Avvalroq Polsha prezidenti Anjey Duda Amerika yadro qurolining Polshada joylashtirilishi ochiq mavzu ekanini aytgan edi. Uning fikricha, Polsha Nuclear Sharing dasturida ishtirok etishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0