O‘zbekistonda ikkita yer silkinishi kuzatildi

© AP Photo / DITA ALANGKARASifrovoy seysmograf, arxivnoe foto
Sifrovoy seysmograf, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida bir soat ichida 2 ta yer silkinishi qayd etildi.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Toshkent viloyatining Toshkent tumanida bir soat ichida ikkita yerosti silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Unga ko‘ra, dastlab bugun Toshkent vaqti bilan soat 04:39 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 41,54 gradus shimoliy kenglik; 69,2 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,5. Chuqurlik 15 km. Episentri Toshkentdan 31 km shimoli-g‘arbda 15 km chuqurlikda joylashgan zilzila kuchi 2,5 ballga teng.
Shuningdek, Toshkent vaqti bilan soat 05:16 da Qozog‘istonda yana yerosti silkinishi qayd etilgan. Zilzila koordinatalari: 41,56 gradus shimoliy kenglik; 69,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,6. Chuqurlik 15 km. Episentri Toshkentdan 33 km shimolida 15 km chuqurlikda joylashgan zilzila kuchi 2,6 ballga teng.
Har ikki zilzila kuchi O‘zbekistonning Toshkent tumanida sezilgan.
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
Yangiliklar lentasi
0